Chuqur uyimiz, siz kim bo‘lardingiz?
Biror muammo chiqqanda birinchi qiladigan ishingiz nima?

Sovuqqonlik bilan vaziyatni tahlil qilib, reja tuzaman.
Ichki hislarimga va yuragimga quloq tutaman.
His-tuyg‘ularimni yashirmay, ochiq aytaman.
Eng avvalo yaqinlarimni o‘ylayman.
Oilangiz xavf ostida, nima qilasiz?

Har tomonlama o‘ylab, puxta reja tuzaman
Hech narsani o‘ylamay, darhol ishga kirishaman
Qanchalik qiyin bo‘lsa hammasini qilaman
Avvalo ularni himoya qilaman keyin o‘chimni olaman
Sizningcha, ko‘chada hurmat qanday qozoniladi?

Aql va harakatingiz bilan
Jur’at va qat’iyatingiz bilan
Halolligingiz va sadoqatingiz bilan
Oilangizga bo‘lgan mehr va sadoqatingiz bilan
Atrofingizdagilardan biri sizga xiyonat qildi nima qilasiz?

Jim turaman, vaqti kelganda hisobini so‘rayman
Darhol o‘chimni olaman
Hissiy jihatdan ezilaman ammo baribir yuzlashaman
Kechirmayman lekin sababini tushunishga harakat qilaman
Kuchli jihatingiz qaysi?

Aql-zakovatim va o‘ylab ish qilishim
Qo‘rqmasligim
Sadoqatim
Mehribonligim
Sadoqat siz uchun nima?

Vada bersam oxirigacha boraman
Hammaga emas loyiq bo‘lganga.
Ba’zan zarar keltirsa ham, sodiq qolaman.
Oilamdan aslo voz kechmayman.
Hayotingizdagi maqsadingiz nimaga yaqin?

Kuch va nazoratga
Adolat va himoyaga
Sevgi va sadoqatga
Yaqinlarim bilan osoyishta hayotga
Eng yoqtirgan muhitingiz qanday?

Tinch lekin ta’siri kuchli muhitlar.
Iliq ammo hurmatga boy munosabatlar.
Samimiy lekin hissiyotli.
Gavjum ammo oila kabi his qildiradigan
Dushmaningiz kuchli, nima qilasiz?

Avval uning nozik joyini topaman
Darhol yuzma-yuz kelaman
Ich-ichimda qiynalsam ham baribir kurashaman
Yaqinlarimni himoya qilish uchun kurashaman
“Chuqur uyimiz…” jumlani davom ettiring

…qoidalarini o‘zim belgilayman.
…xiyonatni qabul qilmaydi.
…muhabbatni ham, kurashni ham o‘zida mujassam etadi.
…oilam uchun hamma narsaga tayyorman.

A javob – Yamach Kochovali
Aql-zakovatlaringiz, qat’iyatingiz va yetakchilik qobiliyatingiz bilan hammaga ta’sir ko‘rsatasiz. Ichingiz og‘risa ham baribir tik turasiz. Oila siz uchun hamma narsadir. Ammo zarur bo‘lsa, hammadan voz kechishingiz ham mumkin. Eng katta kuchingiz: puxta reja tuzishingiz va aqlingiz

B javob – Vartolu Sadettin
O‘tmishingiz qorong‘u, qalbingiz esa chuqur… Ikkalasini bir paytning o‘zida qalbingizda olib yurasiz. Sadoqat qon tomiringizda bor,ammo g‘azabingizni jilovlay olmasangiz, hamma narsani yoqib yuborishingiz mumkin. Eng katta kuchingiz: jasorat va sadoqatingiz.

C javob– Sena Kochovali
Hissiyotli, qat’iyatli va zarur paytda juda kuchlisiz. Hayot sizni qiynasa ham har doim qalbingizni tinglab ish tutasiz. Muhabbatingiz va to‘g‘ri deb bilgan narsangizga oxirigacha sodiq qolasiz. Eng katta kuchingiz: vijdoningiz.

D javobi – Idris ota
Oilani birlashtirib turadigan, yiqilsa ham voz kechmaydigan bir xarakterga egasiz. Dono, mehribon va boy o‘tmishingiz bilan borligingiz atrofdagilarga kuch beradi. Eng katta kuchingiz: oila qadriyatlari va or-nomusingiz.