🎭Munosabatda yetakchimisiz yoki muvozanatga soluvchimisiz?
Yoki har bir hissiyotning tub-tubigacha his qiluvchi balki biroz chetda qolishni xohlaydigan insonmisiz?
Ushbu test sizning munosabatlardagi ichki rolingizni aniqlab beradi.
Agar tayyor bo‘lsangiz hissiyotlaringiz olamiga qadam qo‘yamiz
Tortishuv paytida ilk reaksiyangiz qanday bo‘ladi?

Masalani darhol hal qilishni xohlayman
Tinchlangunimcha jim qolishni afzal ko‘raman.
His-tuyg‘ularimni darrov aytaman va hammasini chuqur his qilaman.
Uzoqlashib, ichimga bekinib olaman.
Juftingiz sizga kutilmagan syurpriz tayyorladi, bunga munosabatingiz qanday bo‘ladi?

Nazoratimdan tashqarida bo‘lsa ham moslashaman.
Yoqadi ammo kichkina ogohlantirish berib qo‘yaman.
Judayam hayajonlanib, kuchli hissiyotga berilib ketaman
Ko‘nglim xira bo‘ladi, kutilmagan syurprizlarni meni bezovta qiladi.
Ishqiy munosabatda biror qaror qabul qilish kerak bo‘lsa, nima qilasiz?

Birinchi qadamni o‘zim tashlab, taklif bildiraman.
O‘rta yo‘lni topishga harakat qilaman.
Qarshi tomonni xursand qiladigan variantni izlayman.
Ikkilanishim mumkin qarorni unga topshiraman
Juftingiz bir necha soat sizga xabar yozmadi. Xayolingizga nima keladi?

Ishlari tig‘izdir, deb o‘ylayman.
Balki biror nima bo‘lgandir deb xavotirlanaman.
Sarosimaga tushaman, meni xohlamayapti deb o‘ylayman.
Nima qilishni bilmayman o‘zimni undan tortaman.
Sizga romantik syurpriz tayyorlashsa, bunga qanday munosabat bildirasiz?

Ajoyib! Men ham u uchun biror nima rejalashtiraman.
Judayam xursand bo‘laman va minnatdorchilik bildiraman.
Ko‘zimga yosh keladi haddan tashqari ta’sirlanaman.
Menga yoqadi lekin buni bildirmaslikka harakat qilaman.
Juftingiz kayfiyati yo‘qligini aytsa, nima qilasiz?

Zudlik bilan biror yechim topishga harakat qilaman.
Uni tinglab, dalda beraman.
“Men ranjitdimmi yoki?” deb xavotirlanaman.
O‘zimni chetga tortaman, nima qilishni bilmay qolaman.
“Birgalikda kelajak haqida gaplashish” sizda nimani uyg‘onadi?

Reja tuzishni yaxshi ko‘raman, aniq maqsad bo‘lishi yaxshi.
Gaplashish muhim ammo hamma narsa o‘z oqimida bo‘lsa ham chiroyli.
Kelajak haqida o‘ylasam hayajonlanaman lekin biroz qo‘rqaman.
Bu mavzu ochilsa, jim bo‘lib qolaman.
Munosabatda fidokorlik mavzusi ochilsa…

Me’yordagi fidokorlik yaxshi deb o‘ylayman.
Kerak bo‘lsa qilaman faqat hurmat saqlansin.
Sevilish uchun ko‘p narsadan voz kechishga tayyorman.
Mendan fidokorlik kutishsa o‘zimni noqulay his qilaman.
Juftingiz sizga his-tuyg‘ularini juda ochiq gapirib berdi…

Men ham xuddi shunday ochiqchasiga bo‘lishaman.
Ehtiyotkorlik bilan tinglab, munosib javob qaytaraman.
Bu vaziyatda bog‘lanishim yanada chuqurlashadi.
Nima his qilayotganimni tushunishga urinaman lekin ifodalay olmayman.
Ishqiy munosabat sizga nimani anglatadi?

Ikki inson tomonidan birgalikda boshqariladigan jamoa.
Empatiya, tushunish va o‘zaro bo‘lishish maydoni.
His-tuyg‘ular tobora chuqurlashib boradigan mustahkam bog‘lanish
Murakkab, ba’zida qiynaydigan lekin baribir o‘ziga jalb qiladigan tajriba.

A variantini ko‘p tanlagan bo‘lsangiz: Yo‘naltiruvchi tomonsiz
Siz munosabatni yo‘naltiradigan, aniqlikni xohlovchi va boshqaruvni o‘z qo‘lingizda ushlashni yaxshi ko‘radigan turdansiz.
Liderlikni qo‘lga olasiz ammo bu bilan juftingizni mensimaslik uchun emas balki yo‘nalishni topish uchun harakat qilasiz.

B variantini ko‘p tanlagan bo‘lsangiz: Muvozanatni saqlovchi tomonsiz
Siz munosabatda o‘rta yo‘lni topadigan vositachisiz. Sizni tushunadigan, sabrli va muammo yechuvchi inson deb atash mumkin.
Ortacha olishni ham berishni ham yoqtirmaysiz. Siz uchun muvozanat hamma narsadan ustun turadi!

❤️C variantini ko‘p tanlagan bo‘lsangiz: Butun vujudi bilan sevuvchi
Sizning his-tuyg‘ularingiz dengiz to‘lqinidek: katta, ehtirosli va juda chuqur.
Sevganingizda butun qalbingiz bilan sevasiz. Faqat ba’zan his-tuyg‘ularingizning ichida o‘zingizni unutib qo‘yishingiz ham mumkin.
