Yoz chillasidan qochib, ekran qarshisida dam olmoqchimisiz? Unda shu 7 ta film aynan siz uchun! Salqin suvlar, oppoq qor manzaralari, ichingizni tetiklashtiruvchi hikoyalar… Konditsionerdek salqinlik beruvchi kino zavqi boshlasin!
Uolter Mittining g‘aroyib hayoti (2013-yil)

Muzliklar, qorlar va Islandiyaning maftunkor manzaralari bilan bu film nafaqat ruhingizga balki yozning jaziramasiga ham malham bo‘ladi.
Narniya saltanati: Arslon, jodugar va shkaf (2005-yil)

Qordan bunyod etilgan olam… Narniyaga kirganingizda tanangiz salqinlikni darrov his qiladi!
March of the Penguins (2005) – Pingvinlar marshi (2005-yil)

Antarktidaning muz kabi atmosferasi hujjatli film kayfiyatida haqiqiy salqinlik baxsh etadi.
Frozen (2013) – Muz yurak (2013-yil)

or odam Olaf va malikamiz Elzaning sehrli muz dunyosi sizga musiqali salqinlik tuhfa etadi.
Everest (2015) – Everest (2015-yil)

Haqiqiy hayotiy voqealarga asoslangan bu film sizni tog‘ cho‘qqilariga olib chiqib, yoz jaziramasini unuttiradi.
The Grand Budapest Hotel (2014) – Grand Budapesht mehmonxonasi (2014-yil)

Rang-barang, sovuq tusdagi kadrlar va Yevropaning qishki manzarasi… Ham ko‘rkam, ham salqin.
The Revenant (2015) – / Omon qolgan (2015-yil)

Sovuq, qor, omon qolish uchun kurash… Ikki daqiqada muzdek bo‘lasiz!
Sizning “konditsionerdek ta’sir qiluvchi” sevimli filmingiz qaysi? ❄️🎬
Shu va shunga o‘xshash ma’lumotlar link’da