Xalqlarning do‘zaxni tasavvur qilish uslubi, ularning yashaydigan hududidagi iqlim, tabiat va xavf-xatarlar bilan bevosita bog‘liqdir. Mana ba’zi xayratga soluvchi misollar:
Turk mifologiyasidagi do‘zax: Tamug‘

Kim boshqaradi? Erlik Xan – yer osti olami ya’ni zulmat hukmdori.
Qanday joy? Muzdek va xira. Sovuq bilan jazolanadi. Issiqlik emas, muzlab azob chekish bor.
Tafsilot: Jazolar ruhning xatti-harakatlariga qarab beriladi. Ba’zi rivoyatlarda qoramtir qozonlari ham mavjud.
Bonus: Erlikning do‘zaxiga tushganlar, qayta tug‘ilguncha u yerda qolishadi.
Qayerda paydo bo‘lgan? Sibir, Oltoy, dasht va tog‘li hududlarda.
Qanday aks etgan? Erlik Xan boshqaradigan do‘zax ba’zi manbalarda muzdek, ba’zilarida esa olovli qozonlar bilan tasvirlangan.
Nega? Turk xalqlari ham jazirama yoz, ham qahraton qish bilan yuzma-yuz kelganlari sababli ikki tomonlama tasvir paydo bo‘lgan.
Xristianlikda do‘zax: Hell

Kim boshqaradi? Shayton (Lusifer)
Qanday joy? Olovlar, oltingugurt, abadiy yonish va qiynoqlarga to‘la joy.
Tafsilot: Dantening “Ilohiy Komediya” asarida do‘zax 9 qavatli qilib tasvirlanadi; har bir qavat muayyan bir gunohga mos keladi.
Bonus: Gunohkorlar jazolarini abadiy tortadilar; najot yo‘q.
Qayerda paydo bo‘lgan? O‘rta yer dengizi havzasi – Italiya, Yunoniston va Rim madaniyati ta’siridagi hududlarda.
Qanday aks etgan? Etna, Vezuv kabi faol vulqonlarning mavjudligi, yer ostidan chiqqan lava va tutunlar bilan birlashib, do‘zaxni olov bilan bog‘lagan.
Nega? Geografik jihatdan vulqonli tuzilma va “jazoni yer ostidan olish” g‘oyasi do‘zaxni lava va olov bilan tasvirlashga sabab bo‘lgan.
Islomda do‘zax: Jahannam (Do‘zax)

Kim boshqaradi? Malik ismli bir farishta.
Qanday joy? Yetti qavatli bo‘lib, har bir qavati turli azoblarga to‘la. Unda olovli zanjirlar, qaynagan suvlar, zaqqum daraxti va kuydiruvchi shamollar mavjud.
Tafsilot: Gunohkorlar har bir qavatda turli jazo turlariga duch keladi. Teri kuygani sari yana yangilanadi; azob abadiydir.
Bonus: Ba’zi rivoyatlarda mo‘minlar jazolarini tortib bo‘lgach, jannatga kirishlari mumkin.
Qayerda paydo bo‘lgan? Arabiston yarimoroli – cho‘l iqlimi, qurg‘oqchilik, issiqlik va suvsizlik hukmron bo‘lgan hududda.
Qanday aks etgan? Eng katta tahdidlar bo‘lgan jazirama quyosh, issiq shamollar va suvsizlik do‘zax tasvirining asosiy qismlarini tashkil qilgan.
Nega? Odamlarning eng ko‘p qo‘rqadigan narsasi – issiqlik va yonish, azobning bosh omiliga aylangan.
Norvegiya mifologiyasi (Skandinaviya): Helxaym

Kim boshqaradi? Hel – Lokining qizi, o‘lim olamining malikasi.
Qanday joy? Sovuq, qorong‘i va jimjit. Soyalar va muzlik bilan to‘lgan yer osti olami.
Tafsilot: Qahramonona o‘lmagan ruhlar shu yerga boradi. Urush yoki sharaf yo‘q.
Bonus: “Hel” so‘zi ingliz tilidagi “hell” so‘zining ildizi bo‘lishi mumkin.
Qayerda paydo bo‘lgan? Norvegiya, Shvetsiya, Daniya kabi Skandinaviya mamlakatlarida — muzliklar va qor bilan qoplangan hududlarda.
Qanday aks etgan? Muzlash, qorong‘i qishlar va o‘lim bilan bog‘liq sovuq qo‘rquvi do‘zaxni olovdan ko‘ra muz bilan tasvirlashga sabab bo‘lgan.
Nega? Odamlar uchun eng katta xavf muzlab o‘lish edi. Shuning uchun ruhlarning ham muz ichida azob chekishi haqidagi o‘limdan keyingi e’tiqod shakllangan.
Budizmda do‘zax: Naraka

Kim boshqaradi? Xudo emas; karma (amal) hukm qiladi.
Qanday joy? 8 issiq va 8 sovuq do‘zax mavjud. Har biri turli karmalarga ko‘ra shakllanadi.
Tafsilot: Ruh yomon karmasining(amallarining) jazosini o‘tagach, qayta tug‘iladi.
Bonus: Jazo muddati qat’iy; abadiy emas.
Qayerda paydo bo‘lgan? Hindiston, Tibet, Nepal — tropik issiqlik va Himolay sovuqligi mavjud hududlar.
Qanday aks etgan? Atrofdagi issiqlik va sovuq ekstremal sharoitlar do‘zaxni ham kuydiruvchi, ham muzlatuvchi sifatda tasvirlashga olib keldi.
Nega? Tabiatning ikki qutbli holati (mussonlar va tog‘ sovuqlari) jazoning ham turli tabiiy shakllarda berilishiga sabab bo‘ldi.
Qadimgi Yunonistonda do‘zax: Hades / Tartaros

Kim boshqaradi? Hades – yer osti xudosi.
Qanday joy? Qorong‘i, jimjit, soyalarga to‘la. Ruhlar to‘liq o‘lmaydi, to‘liq yashamaydi ham.
Tafsilot: Tartaros ayniqsa og‘ir jinoyatchilar uchun abadiy qiynoqlar joyidir.
Bonus: Sizif, Tantal kabi afsonaviy qahramonlarning jazolari mashhur bo‘lgan.
Qayerda paydo bo‘lgan? Yunoniston – tog‘li, g‘orli, yer osti manbalari ko‘p bo‘lgan hududlar.
Qanday aks etgan? Tabiatdagi g‘orlar, yer osti daryolari va vulqonli tuzilma o‘limdan keyingi hayotni yer ostida tasvirlashga sabab bo‘lgan.
Nega? Yer osti to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lim va sirga bog‘langanligi uchun do‘zax ham tabiiy ravishda yer ostiga joylashtirilgan.
Yaponiyada do‘zax: Jigoku

Kim boshqaradi? Enma-O – o‘lganlarni hukm qiluvchi.
Qanday joy? Qonli daryolar, qiynoq xonalari, dahshatli maxluqlar bilan to‘la. Issiq va sovuq do‘zax qavatlari mavjud.
Tafsilot: Ruhlar Enma tomonidan sud qilinadi va karmalariga (amallariga)qarab do‘zaxning turli qavatlariga yuboriladi.
Bonus: Reinkarnatsiya e’tiqodi bor; do‘zax vaqtinchalik bo‘lishi mumkin.
Qayerda paydo bo‘lgan? Yaponiya – vulqon tog‘lari, issiq buloqlar va zich o‘rmonlarga ega orol davlati.
Qanday aks etgan? Tabiiy issiqliklar hamda tog‘lardagi tumanli, qo‘rqinchli muhit do‘zax tasviriga ta’sir qilgan.
Nega? Tabiiy ofatlar (zilzila, vulqon otilishi) va tabiatning sirli kuchi xalq ongida chuqur iz qoldirib, do‘zaxga boy ramziy ma’no bergan.
Do‘zax tasvirlari faqat diniy emas, balki xalqlarning tabiat va o‘lim qo‘rquviga bergan madaniy javoblarining aksidir.
Qayerda tug‘ilgan bo‘lsangiz, do‘zax ham o‘sha joydan sizni ushlaydi!
Shu va shuning kabi ma’lumotlarni linkdan topishingiz mumkin