SayohatTOP

Faqat o‘zbeklarga xos 6 ta’til odati

Har bir millatning ta’til tushunchasi har xil lekin bizniki… biroz “o‘zbekcha” 😅
Mehmonxona, hovuz, plyajlar bo‘lishi kerak albatta lekin bizda ta’til degani — oila, ovqat, termizda choy va to‘la chamadonlar.
Mana sizga tashqaridan qaraganda ajablanarli lekin biz uchun “bo‘lmasa bo‘lmaydi” degan ta’tildagi 6 turdagi odatimiz!

Ta’til sumkasi ≠ kiyim-kechak

Agar chemodanda kiyim-kechakdan ko‘ra ko‘proq non, bodring, qazi, qatiq bo‘lsa, ajablanmang. O‘zbekning sayohat sumkasi – yarmi muzlatkich, yarmi esa kiyim sumkasi bo‘ladi.

Yo‘l yeguliklari

Tatil safari = 6 soatlik emas, 16 mahal ovqatlik. Somsa, osh, konserva, banan, taxta qoshiq. Avtobusdagi begona yo‘lovchilar och qoladi, o‘zbeklar esa go‘yoki kichkina katering korxonasidek!

“Tatil” deb qarindoshning uyiga borish

Mehmonxona? Qimmat… Axir xolam Buxoroda yashaydi. Ham yotoq, ham ovqat tekin. Hashamat yoki madaniyat? Ikkalasi birgalikda.

Kamida 10 kishilik ta’til guruhi

Do‘stlar bilan hordiq chiqaradigan tinch-ta’tilmi? Bizda esa odatda 10 kishi + 3 bola bo‘ladi. Guruh bo‘lib sayohat qilish – go‘yoki madaniy qoida!

Ta’til suratlarida “ovqat” bosh rolda

Selfi, manzara emas… Avvalo: shashlik likopchasi, lag‘mon, somsa suratga olinadi.
Yozuv: “Xiva emas, lag‘mon ko‘r” 🙃

Sovg‘asiz qaytmaymiz

Ta’tildan qaytgach, chamadonda magnit, qurut, palov ziravori, choyshab… Go‘yoki sovg‘alik bozor sumkasi.
“Yo‘l chetidagi do‘kondan ham biror narsa olish” kafolatlangan!

Bizda ta’til faqat dam olish emas, bu – bir marosim! Ko‘pchilik, choy, sovg‘alar — barchasi uyg‘unlashgan sayohat tajribasi. ✨

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *