SayohatTOP

O‘zbekistondagi Instagrambop 7 ajoyib joy

Filtrga ham kerak bo‘lmagan manzaralarga to‘la bir mamlakatda yashayapmiz!
Tabiat ishqibozimisiz yoki estetika ovchisi? Farqi yo‘q — bu 7 joy Instagram lentangizga rang-baranglik baxsh etadi, story’larda esa “Bu qayer?” degan savollarni ko‘paytiradi.
Tayyor bo‘lsangiz, explore’da ko‘rishga arzigulik nuqtalar bilan tanishing!

Chorvoq Suv Ombori (Toshkent viloyati)

Ko‘k rangli suv, atrofida tog‘lar, osmon bilan birlashgan ufq… Dron bilan ajoyib manzalarni suratga olish kafolatlangan!

Registon Maydoni (Samarqand)

Har bir surat kadr emas balki rasmdek. Oltin nurda suratga oling, lentani qirolichasi bo‘ladi.

Xiva – Ichan Qal’a devorlari

G‘ishti, yog‘och naqshlari va ularning tarixiy soyalari… Ayniqsa ertalab yorug‘lik juda go‘zal.

 Sarmishsoy petroglif qoyalari (Navoiy)

Tabiat va tarix bir joyda: qadimiy tosh o‘ymalar + yam-yashil vodiylar = madaniy estetika.

Beldirsoy kanat yoli (Toshkent viloyati)

Balanddan manzara, qor bilan qoplangan tog‘lar yoki yashil o‘rmon… Har bir faslda alohida go‘zal kadrlar paydo bo‘ladi.

Boysun tog‘lari (Surxondaryo)

Cheksiz tabiat, dasht va toshlar… Estetik yolg‘izliklikni qidiryotganlar uchun.

Farg‘ona vodiyidagi lola bahori

Bahor oylarida lola gullari bilan to‘lib-toshgan vodiylar… Bu Niderlandiya emas, o‘zimizning yurtimiz!

Siz bu joylardan qaysi birida story qo‘ygan edingiz?
Yoki yana boshqa “layk kafolatli” manzara nuqtangiz bo‘lsa, kommentga yozib qoldiring!

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *