Mobil

INTEL INQIROZGA UCHRAYAPTIMI?

Kompaniya yil oxirigacha 24 ming xodimni ishdan bo‘shatadi.

Katta chip ishlab chiqaruvchisi sun’iy intellekt yo‘nalishida raqobatchilaridan ortda qoldi.

Aynan shu sababli kompaniya katta moliyaviy yo‘qotishlarga uchray boshladi va allaqachon minglab xodimlarini ishdan bo‘shatgan edi. Endilikda esa kompaniya 2-chorak moliyaviy yig‘ilishida 2025-yilning qolgan qismi uchun rejalari bilan bo‘lishdi.

Intel yil oxirigacha qisqarishni rejalashtirmoqda

Kompaniyaning maqsadi — 2025-yilni 75 mingta “asosiy xodim” bilan yakunlash. Boshqacha aytganda, texnologiya giganti yilning qolgan qismida jami 24 ming nafar xodimni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda.

Rejalashtirilgan ayrim loyihalardan ham voz kechilmoqda

Intel Germaniyada 3 000 nafar ishchini band qilishi kutilgan yig‘ish va sinov zavodini qurmoqchi edi. Biroq bu reja endi amalga oshmaydi.

Intel barcha choralarni ko‘rganiga qaramay, hali ham moliyaviy yo‘qotishlarni boshdan kechirmoqda

So‘nggi 3 oyda kompaniya 12,9 milliard dollar daromad ko‘rgan bo‘lsa ham 2,9 milliard dollar zarar ko‘rgani haqida hisobot berdi. Intel’ning sun’iy intellekt sohasida orqada qolayotgani va yillar davomida davom etib kelayotgan muammolar bugungi holatga sabab bo‘lgan.

Sizningcha, Intel’ning bu pasayishiga nima sabab bo‘ldi?

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *