HangomaKo‘ngilochar

“Bugun hamma ishni bitiraman!” deb uxlab, soat 17:45 da uyg‘onish

Hammasi ertalab soat 08:00 da “istoriya”ga joylangan o‘sha dadil post bilan boshlanadi:
☀️ “Bugun ishlar ko‘p, men ketdim!”
Tagida bitta qahva emojisi ☕, yonida esa lo-fi playlist havolasi.
O‘zimga eslatma: Bugun sermahsul kun bo‘ladi.

Keyin?

🕒 Soat 17:45
Ko‘zlaringizni sekin ochib telefonga qaraysiz. Endi uyg‘onganingizga bor-yo‘g‘i 7 soniya bo‘lgan lekin shu zahoti o‘ylaysiz:
“Yana bo‘lmadi… lekin bu safar sababim bor edi.”
Nima edi o‘sha sabab? Hech kim bilmaydi… (hatto siz ham 👀)

Bu gaplar aslida kimlar uchun?

– Reja tuzishni yaxshi ko‘radigan lekin bajarishga kelganda amal qilolmaydiganlar
– “Bu haftadan boshlab hayotimni iziga solaman” deb 9-haftasiga kirganlar 
– Kun boshida “Bugun hamma narsa mendan so‘raladi” deb o‘zini CEOdek his qiladiganlar

Hayot sen reja tuzayotganingizda sizga ko‘z qisadi.
Lekin o‘sha ko‘z qisishi telefon ekranda “uyqu rejimi yoqildi” degan bildirishnoma bilan ustma-ust kelsa…
– Eyvoh 🛌😂

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *