HangomaKo‘ngilochar

ChatGPT dan so‘ragan oxirgi savolingiz bilan o‘zingizga nazar tashlang

Ba’zida terapevt qimmat bo‘ladi… lekin ChatGPT tekin.
Shu sababli ayrimlar psixologga emas, shu yerga keladi.
Birinchi yozgan gapingiz… sizni fosh qiladi 👀

Yozgan savolingiz → Siz:
– “Meni hursand qiladigan gap ayt” → Bugun biroz kayfiyatingiz yo‘q lekin hammasi yaxshi bo‘ladi
– “Bu bola meni yaxshi ko‘radimi?” → Yana yurak, yana javob so‘rashga jur’ati yetmagan g‘urur – “Ingliz tilida essay yozib ber” → Ertaga imtihon lekin siz haligacha TikTok tomosha qilyapsiz
– “Qanday qilib boy bo‘lish mumkin?” → Miyangizda 7 ta biznes g‘oya bor lekin bittasi — “uxlab pul topish”

Ya’ni?
ChatGPTda yozgan oxirgi savolingiz aslida ruhiy holatingizni ko‘rsatadi.
Va tan oling ba’zida shunchaki yozgansiz:
“Salom, zerikyapman, gaplashamizmi?” 😅

Kayfiyatingizning qisqacha ifodasi:

ChatGPT ga dardingizni to‘kayotgan bo‘lsangiz…
Balki bu avlodning eng sodiq do‘sti — sun’iy intellektdir 🫠

/ ChatGPT’da yozgan savolingiz aslida sizning ruhiy holatingiz!
Oxirgi marta nima yozdingiz kommentga tashlang telba bo‘lmagan bo‘lsak birga kulamiz! 😅

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *