🍿🕰️ Ba’zi filmlar borki, ularni 25 yoshga yetmasdan avval ko‘rish – xuddi hayot darsini olishdek gap. Ulg‘ayish, sevish, yiqilish va yana qayta oyoqqa turish haqida hayotingizda chuqur iz qoldirgan 10 filmni ushbu ro‘yxatga kiritdik.
“Koshki oldinroq ko‘rganimda edi” demaslik uchun darhol ko‘z yugurtirib chiqing! 🍿🕰️
O‘lik shoirlar jamiyati (1989-yil)

“Carpe diem!” – Har lahzani qadrlash nima ekanini shu yerda his qilasiz.
Yuvosh bo‘lish yaxshi (2012-yil)

O‘smirlik, bostirilgan tuyg‘ular va o‘zini topish… Barcha o‘smirlar aynan shu yo‘ldan o‘tadi.
Ledi Berd (2017-yil)

Ona-qiz tortishuvlari, unversitet orzusi, “men aslida kimman?” degan ichki savollar… Aynan 20 yoshlarga xos hayot saboqlari.
Yovvoyi tabiat qariga (2007-yil)

Erkinlik orqasidan ketgan yigit. Qulay hayotmi yoki haqiqiy hayotmi — o‘zingiz tanlaysiz.
Zakovatli Uill Xanting ( 1997-yil)

Aql, yurak jarohatlari va o‘zingizni ortda qoldirish. Shunchaki “siz boshqacha” bo‘lganingiz uchun emas balki buni tushunishingiz kerakligi uchun bo‘ladi.
Kichkina oftoboy xonim (2006-yil)

Hayotning qiyinchiliklari ichida ham umid bilan kulishni o‘rgatuvchi oila hikoyasi.
Ijtimoiy tarmoq (2010-yil)

Muvaffaqiyat, ego, yolg‘izlik… Erta kelgan kuchning narxi bu.
Bolalik (2014-yil)

Bolalikdan 20 yoshgacha — vaqt bilan birga ulg‘aygan hayot hikoyasi. Oddiy lekin qalblarga yetib boradi.
Meni ismingiz bilan chaqiring (2017-yil)

Oxiri g‘amginlik bilan tugaydi lekin qalblarga yetib boradi…
Tong oldidan (1995-yil)

Bir zumlik bog‘lanishlar, chuqur suhbatlar… Vena ko‘chalarida o‘tgan bir kecha lekin xotirada uzoq vaqt qoladi.