Ba’zi gaplar bor, ularni do‘stlarga aytish mumkin hatto begonalarga ham.
Lekin ota-onaga aytishga jur’at topilmaydi yoki shunchaki… oqibatlari og‘ir bo‘ladi.😅
1. 📱 “Telefonimni “zaryadi” juda tez ketyapti…”

Aslida: Kun bo‘yi ekranda ijtimoiy tarmoqlar ochiq lekin aytiladigan bahona “telefonim eskiribdi”.
🧓 Ota-ona: “Hali 1 yil ham bo‘lmadi-ku!”
2. 💸 “Pul nega tugayveradi?”

Aslida: Fastfud + qahva + “dostavka” = haftaning 3-kunida balans 0.
Bahona esa: “Bugun dars uchun kitob oldim”.
3. 🎉 “Kech qolishim mumkin”

Aslida: Do‘stlaringiz bilan o‘tirishga chiqasiz lekin aytadigan yolg‘oningiz: “Kursda prezentatsiyamiz bor, guruh bilan ishlaymiz”.
🕣 Soat 22:45 da ham “Hali tugamadi” deyishga tayyorsiz.
4. 😬 “Testdan past ball oldim…”

Umuman aytilmaydi…
O‘rniga: “hammaga juda qiyin edi”, “hali javobi chiqmadi” yoki klassik yolg‘on “men bilganlarimni yozdim”.
5. 💔 “U bilan gaplashmay qo‘ydim…”

Qachondan beri bor edi? Kim u?
Bunday mavzular ota-onalar uchun “zapret zona”da.
Gapirilmaydi, aks holda 3 kunlik tergov boshlanadi.