BarchasiHangoma

Har bitta guruhda bitta shunaqasi bor…

Talaba yoki o‘quvchi bo‘lishingizdan qat’iy nazar, bu “personajlar”siz guruh to‘liq bo‘lmaydi. Eng mashhurlarini ko‘rib chiqamiz. Xo‘sh, siz qaysi birisiz? 😄

📵 Hech qachon javob yozmaydigan

Guruh chatini kuzatib o‘tiradi lekin hech narsa yozmaydi. Faqat imtihon kuni: “Qani, savollarni tashlanglar” degani chiqadi. Profil rasmi 2021-yildan beri o‘zgarmagan.

📚 Konspektlar qiroli/qirolichasi

Uning daftariga qarab imtihon topshirish mumkin. ✍️ Rangli ruchkalar bilan chizilgan so‘zlar, har bitta mavzuga sana qo‘yilgan. O‘qituvchi ham undan konspekt so‘rashi mumkin. 😄

📸 Hech qachon daftari yo‘q

“Rasmga olsam bo‘ladimi?” — bu uning shiori. Daftari yo‘q lekin telefonining kamerasi tezkor. Rasmlarni aslo saqlamaydi faqat “nimadir qilayotgandek” ko‘rinadi, xolos.

🚪  Xafa bo‘lsa, guruhdan chiqib ketadi

Fikri qabul qilinmasa, chiqib ketadi. 2 kun o‘tib, yana kiradi. Keyin yana chiqadi. Har safar kirganida yangi profil rasmi bilan qo‘shiladi. 😄

🎧 “Naushnig”ini hech yechmaydigan

Darsdami, tanaffusdami farqi yo‘q har doim “nimadir” eshitadi. Ba’zida hattoki darsga quloq solayotganiga ishonib bo‘lmaydi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *