2019-yilda suratga olingan Kardeş Çocukları (Opa-singil qizlari) serialida rol o‘ynagan Afra Sarachog‘lu, gavdalantirgan Hayot obrazi bilan yuksalgan edi.”
Afra Sarachog‘luning Opa-singil qizlari serialidagi mashhur “ko‘mirlik”dagi mahoratli ijrosi endilikda Braziliyada Tasviriy San’at fakultetida aktyorlik va mimika texnikasi namunasi sifatida o‘rgatilmoqda. Braziliyada o‘qiyotgan bir talaba Afra Sarachog‘luning 2019-yilda efirga uzatilgan ushbu unutilmas sahnasini tanlab, tahlil hisobotini tayyorladi. Mazkur ish professor tomonidan eng yaxshi uchta ish qatoriga kiritildi.