“Yevropa juda qimmat” deydiganlarga bitta yangiligimiz bor: Agar reja qilsangiz, 100 dollarga ajoyib kun o‘tkazishingiz mumkin! Mana sizga ham arzon, ham manzaraga boy bo‘lgan Yevropa shaharlaridan ba’zilari:
Varshava, Polsha 🇵🇱

• 🛏️ Xostel: 20–25$
• 🍲 Ovqat: 15–20$
• 🚋 Transport (kunlik chipta): 3$
• 🎟️ Sayr qilinadigan joylar: Qirollik saroyi, Lazienki bog‘i, Chopin haykali (ko‘plari bepul)
• 📸 Nega borish kerak? Ko‘p yashil maydonlar bor, piyoda sayr qilish oson, ko‘cha taomlari ajoyib!
Sofiya, Bolgariya 🇧🇬

• 🛏️ Xostel: 15–20$
• 🍽️ 2 mahal ovqat: 10–15$
• 🚇 Jamoat transporti: 2–3$
• 🏛️ Sayr qilinadigan joylar: Aleksandr Nevskiy Kafedrali, Vitosha ko‘chasi
• 📸 Nega borish kerak? Bolqon davlatlarining yashirin jannati, arzon va fotogenik!
Lvov, Ukraina 🇺🇦

• 🛏️ Xostel: 10–15$
• 🍲 Kafe xarajatlari: 10$
• 🎭 Tadbir/chiptalar: 5$
• 🏰 Sayohat qilinadigan joylar: Lviv Opera uyi, Eski shahar maydoni
• 📸 Nega borish kerak? Rang-barang binolar, Instagramga mos kafelar va romantik ko‘chalar.
Krakov, Polsha 🇵🇱

• 🛏️ Xostel: 15–20$
• 🍛 Ovqat: 10–15$
• 🎟️ Vavel qal’asi va shahar sayohati: 10$
• 📸 Nega borish kerak? Ham tarixiy, ham yoshlarga mos shahar. Muzey va piyoda sayr qilish uchun qulay.
Budapesht, Vengriya 🇭🇺

• 🛏️ Xostel: 15–20$
• 🍜 Ovqat: 10$
• ♨️ Termal hovuz: 15$
• 🚶♂️ Dunay daryosi bo‘yida sayr & Zanjir ko‘prigi: Bepul!
• 📸 Nega borish kerak? Kunduzi tarixiy sayohat, kechqurun spa zavqi – hammasi atigi 100 dollarga!
🧭 Bonus taktika:
• “Free walking tour”ga qo‘shiling: Ular choychaqa evaziga ishlaydi.
• Do‘kondan yengil hazm bo‘ladigan narsalar oling, ko‘chalarda yeng.
• Xostellarning oshxonasidan foydalaning, qo‘shimcha xarajat qilmang!
👇 Yanada ko‘proq hamyonbop sayohatlar uchun Mood.uz Sayohat sahifamizga nazar tashlang!