Mashhur sanatkor Yulduz Usmonova qizi Nilufar Usmonovaga kichkina lekin juda mazmunli dakki berdi. Onaning maqsadi – qizini dangasalik qilmasligi va sog‘lig‘iga yanada e’tiborliroq bo‘lishi.
Yulduz opa shunday dedi: “Qizim, 5 ta farzanding bo‘lsa ham sport bilan shug‘ullanishingga hech narsa to‘sqinlik qilmasligi kerak! Meni 1 dona farzandim bor, uni ehtiyot qilib ber, deyman. Unda Yulduzni yarimi ham yo‘q ?”
Nilufar esa onasining bu mehr bilan aytgan so‘zlarini chin dildan qabul qildi va iliq tabassum bilan eshitdi. “Ota-ona dakkisi” kabi ammo qalbni isitadigan maslahat bo‘ldi. ?


















