SayohatTOPUmumiy

Samolyot chiptasi yo‘q, poyezdda sayohat qiling! Yevropaning eng yaxshi 6 ta poyezd yo‘nalishi

“Agar samolyot qimmat bo‘lsa, poyezdga chiqing, manzarani tomosha qilib sayohat qiling!” Yevropada poyezd safarlari ham nostalgiya ham zavqli bir tomosha. Mana ryukzagini olib  sayohat qiladigan sayohatchilarning sevimli yo‘nalishlari:

Parij → Nitssa (Fransiya ??)
• ⏱️ Vaqt: 6 soat
• ? Narx: 25–50€ (oldindan olinsa)
• ? O‘rta Yer dengiziga borish, uzumzorlar va tog‘ manzaralari hamrohligida albatta.
• ? Nega? Fransuz lojuvard sohiliga poyezdda borishning zavqi butunlay boshqacha.

Milan → Venetsiya (Italiya ??)
• ⏱️ Vaqt: 2,5 soat
• ? Narx: 15–30 €
• ? Oxirgi bekat: kanallar va qayiqda sayohat!
• ? Nega? Ertalab espresso, tushda poyezd, kechqurun qayiqda sayohat!

Praga → Vena → Budapesht (Chexiya – Avstriya – Vengriya)
• ⏱️ Har bir yo‘nalish: 2,5 soat
• ? Har bir chipta o‘rtacha 10–20 €
• ? 3 ta davlat – 3 ta poytaxt – 1 ta chipta!
• ? Nega? Yevropa sayohatini poyezdda boshlamoqchilar uchun “starter pack”

Syurix → Insbruk (Shveysariya – Avstriya ????)
• ⏱️ Vaqt: 3 soat
• ? Narx: 20–35€
• ?️ Tog‘lar, ko‘llar, tumanli vodiylar…
• ? Nega? Har bir deraza — xuddi kompyuterdagi fon rasmidek

Berlin → Kopenhagen (Germaniya – Daniya ????)
• ⏱️ Vaqt: 7 soat (qayiqda sayohat ham kiritilgan)
• ? Narx: 30–50 €
• ⛴️ Poyezd + qayiq= “yo‘lda bo‘lish” hissi maksimal
• ? Hali ham o‘ylanyapsizmi? Germaniyadan chiqing va Skandinaviyaga poyezdda qadam qo‘ying.

Lvov → Kiyev (Ukraina ??)
• ⏱️ Vaqt: 5–6 soat (kechki reyslar ham bor)
• ? Narx: 5–15 €
• ? Nostalgik poyezdlar, deraza yonida yoqimli kayfiyat
• ? Nega? Arzon + mahalliy + samimiy sayohat tajribasi

? Bonus
• ? Interrail yoki eurail.com orqali oldindan reja tuzing.
• ? Musiqalar ro‘yxatingizni tayyorlang, deraza yonini egallab oling.
• ? Instagram uchun emas balki kinolardagidek kadrlar chiqadi.
? Yo‘nalishingizni tanlang, chiptani oling, derazani oching! Ko‘proq tavsiyalar mood.uz’da sizni kutmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 130

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *