Qaysi vaqtda energiyangiz cho‘qqiga chiqadi?

Tongda ☀️
Tushda 🌞
Kechqurun 🌙
Tun yarmida 🌌
Toʻkin dasturxonda sizning rolingiz qanday?

Mehmondoʻst, hammaga ovqat ulashuvchi 🍽️
Muhitga quvvat bagʻishlovchi 🎉
Jim oʻtirib zavq oluvchi 😌
Suhbat o‘rtasida hazil qiluvchi 😅
Hayotga qarashlaringiz qanday?

Anʼanalarga sodiq, barqaror 🌿
Zamonaviy, yangiliklarga ochiq 🌍
Hissiyotli va chuqur 💫
Qiziqarli, lahzalardan zavq oluvchi 🎶
Stress paytida nima qilasiz?

Choy ichaman, tinchlanaman 🍵
Doʻstlarim bilan uchrashaman 👯
Musiqa tinglayman 🎧
Hazil qilib, kulaman 😂
Taʼtil tanlovingiz…

Oila bilan qishloqqa borish 🏡
Shahar sayohati 🏙️
Tarixiy joylarni kezish 🕌
Qiziqarli festival / konsert 🎤
Bitta soʻz bilan oʻzingizni tasvirlang:

Ishonchli 🤝
“Energichniy”⚡
Romantik ❤️
Hazilkash 🎉
Instagram’da eng koʻp nimani ulashasiz?

Oila davrasidagi dasturxon rasmi🥘
Sayohat fotosuratlari ✈️
Quyosh botishi 🌅
Kuldiradigan rilslar/ iboralar😅
Ovqatlananish uslubingiz qanday?

Mazasini chiqarib, sekin yeyish 😋
Tez-tez, suhbat bilan birga 🍽️
Jimgina, chuqur oʻylar bilan 🌀
Hazillar bilan kuldirib 😂

Toshkent Palovi🍚
Siz ildizlariga sodiq, ishonchli va hammani yonida boʻlishni istaydigan xarakterga egasiz. Xuddi Toshkent palovi kabi dasturxonlarning bosh bezagisiz. Anʼanalarga hurmatingiz katta ammo shu bilan birga odamlarga ishonch ham bagʻishlaysiz. Doʻstlaringiz uchun siz “ajralmas qism”siz.

Fargʻona Palovi 🔥
Siz energiyaga boy, jonli va biroz daʼvogar xarakterga egasiz. Fargʻona palovi kabi koʻzga tashlanadigan ruhingiz bor. Davraga kirganingizda energiyani oshirasiz, ijtimoiy hayotingizdaa mashhursiz. Ammo ehtiyot boʻling: Haddan tashqari joʻshqinlik atrofdagilarni baʼzan charchatishi mumkin 😅

Samarqand Palovi 🌙
Siz hissiyotli, romantik va chuqur xarakterga egasiz. Xuddi Samarqand palovi kabi faqat maxsus paytlarda namoyon boʻlasiz. Odamlarning qalbiga yetib boradigan tomoningiz juda kuchli. Kamgap koʻrinsangiz ham, aslida juda koʻp narsani his qilasiz. 🌌

Buxoro Palovi 🎉
Siz quvnoq, shodiyona va ondan zavqlanishni yaxshi koʻradigan insonsiz. Buxoro palovi kabi koʻp masalliqli, kutilmagan sovgʻalarga boysiz. Siz bilan na dasturxon, na hayot hech qachon zerikarli boʻlmaydi. Odamlar sizni yonida xohlaydi chunki kulgingiz yuqumli 😄