Netflix’ning yangi K-doramasini eshitdingizmi? “Barcha orzularing ushaladi” treyleri chiqishi bilan tomoshabinlar va internet foydalanuvchilari orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi 😬. Hatto treylerni oziq-ovqat reklamasiga solishtirishgan!
🎬 Kimlar bor?
Bosh rollarda Syuzi va Kim U Bin bor. Treyler bir zumda tarqaldi lekin tomoshabinlar kutgan “WOW” effekti chiqmadi. Sababi… juda boshqacha narsalarga e’tibor qaratishgan.

💡 Syujet nima haqida?
Ka Yon (Syuzi) – sokin, oddiy hayot kechirayotgan qiz. Qattiqqo‘l buvisi uni tarbiyalagan va u hayotidagi qorong‘i tomonlarini jilovlashga harakat qiladi. Biroq bir kuni qo‘liga ming yillik sho‘x ruh – Jinn (Kim U Bin) tushib qoladi.
Jinn unga uchta tilak berishga va’da beradi va shundan so‘ng Ka Yon kutilmagan sarguzashtlarga tortib kiradi. Albatta, ularning orasida romantik hislar ham paydo bo‘ladi ❤️. Ammo, tez orada ma’lum bo‘ladiki, Jinn oddiy sho‘x ruh emas, balki odamlarning vasvasaga qarshi turishga qodirligini sinash uchun kelgan iblis ekan! 😈
✨ Romantika + fantastika + falsafiy to‘qnashuv → lampadagi jin haqidagi oddiy hikoya qorong‘i va yangi talqinda qayta yaratilgan.
📅 Premyera: 3-oktabr
Shu treylerni ko‘rganingizda, siz ham “Bu dorama qanday bo‘ladi endi?!” deyishingiz aniq 😎. Internetdagi fikrlarni ko‘rishni xohlaysizmi? Trendlarni kuzatib boring!