Madaniyat va dam olishUmumiy

Sitora Farmonova: 700 ming dollardan voz kechib, 40 yoshida kelin bo‘ldi!

O‘zbek kinosining yorqin yulduzi Sitora Farmonova 41 yoshni qarshi oldi! 🎉 U nafaqat mahalliy filmlarda balki xorij kinolarida ham rol o‘ynab, muxlislar qalbidan joy olgan. Lekin uning hayot yo‘li kinolardan ham qiziqroq!

Bolaligida to‘polonchi qiz bo‘lgan Sitora 15 yoshida oilasiga yordam berish uchun kafeda ishlagan hatto shirinlik pishirib sotgan. Keyin esa tasodifan klip syomkasiga tushgan va aktrisalikka yo‘li ochilgan.

🎥 Uning faoliyatida og‘ir kunlar ham bo‘lgan: “Baykonur” filmida jarohatlangan, Rossiyada sahnada yiqilib, sahna orqasida ko‘z yosh to‘kkan. Lekin eng katta qarori — Gollivuddan kelgan 700 ming dollarlik behayo sahnali taklifni rad etgani. “Puldan ko‘ra oila va nomim muhimroq”, — deydi u. 🙌

💍 Vanihoyat, 2024-yilda 40 yoshida uzoq kutilgan to‘yini o‘tkazdi! To‘y Dubayda yopiq tarzda bo‘ldi. Kuyov — Muhammad ismli o‘zbek yigit, biznes bilan shug‘ullanadi. “Meni tashqi ko‘rinishim uchun emas, qalbim uchun sevdi”, — deydi Sitora.

👀 Endilikda u shaxsiy hayotini sir tutishni afzal ko‘radi:

“Farzandli bo‘lsam ham ommaga ko‘rsatmayman. Oila — muqaddas.”

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *