Madaniyat va dam olishUmumiy

18 YILLIK SUKUTDAN KEYIN! Feruza Jumaniyozova sahnaga qaytmoqda!

O‘zbek estradasining eng yorqin yulduzlaridan biri — Feruza Jumaniyozova nihoyat muxlislarini xushxabar bilan quvontirdi. Ha, adashmadingiz! Xonanda 18 yillik tanaffusdan keyin o‘zining katta yakkaxon konsert dasturiga hozirlik ko‘ryapti. 🔥

💃 Feruzaning ismini eshitib, ko‘pchilikning qulog‘ida “Vaexo”, “Yalla Habibi”, “Yurak duk-duk” yoki “Kel Azizim” kabi hit qo‘shiqlar jaranglaydi. 2000-yillarning boshida uning qo‘shiqlarini kimdir telefonga yozib olib tinglagan yana kimdir to‘ylarda kuylagan, esingizdami? 🎶

Shou-biznesga qaytar-qaytmas “yondir-yondir yuragim”, “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” kabi qo‘shiqlar yozishga ham ulgurdi.

👩‍🎤 Feruza Jumaniyozova kim?

— 1984-yil 14-fevralda Xorazmda tug‘ilgan.

— O‘zbek va tojik tillarida qo‘shiq kuylaydi.

— 2010-yilda turmushga chiqqan, hozirda 1 nafar farzandi bor.

🌟 Estradadagi uzun tanaffusdan keyin Feruzaning qaytishi nafaqat muxlislar balki butun san’at olamida katta voqea bo‘lishi aniq. Chunki uning ovozi, uslubi va o‘ziga xos ijrosi hali ham ko‘pchilikning qalbini zabt etgan.

📅 Endi esa hammani qiziqtirayotgan savol:
Konsert qachon va qayerda bo‘ladi?
Hozircha bu sir tutilmoqda lekin shubhasiz — bu qaytish “yil voqeasi” bo‘lishi kutilmoqda. 🔥

👉

 Siz ham Feruzaning qaytishini intiqlik bilan kutyapsizmi? Feruza ijrosidagi eng sevimli qo‘shig‘ingiz qaysi edi? 🎶

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *