Esports Milliy Kubogi e’lon qilinganidan beri hamma o‘z mamlakatining eng yaxshi CS2 jamoasini tasavvur qildi. Ba’zi mamlakatlar uchun bu qiyin savol edi lekin Mo‘g‘uliston uchun javob aniq: The MongolZ. 🔥
Chunki The MongolZ allaqachon haqiqiy milliy jamoa ruhida. Jamoa ichidagi uyg‘unliklari, yillar davomida rivojlangan LAN madaniyati va EWC’da Vitality’ni mag‘lub etishlari bilan dunyoga “biz shu yerdamiz” dedilar. 🌍
📊 179 ming kishi bir vaqtning o‘zida MongolZ’ni tomosha qildi. Bu Mo‘g‘uliston aholisi uchun 5% degani. Agar Buyuk Britaniyada shu foiz bo‘lganida, 13,8 million tomoshabin bo‘lardi! Bundan tashqari, katta ekranlarda ochiq havoda tomosha qilindi, ijtimoiy tarmoqlardagi nishonlashlar va billboardlardagi o‘yinchi plakatlari… Hatto Bosh vazir ham jamoani tabrikladi.
💡 Unda nima uchun Yangi Zelandiya bilan solishtirildi?
Yangi Zelandiyaning 5 million aholisi bor lekin rugbyda “All Blacks” jamoasi bilan o‘nlab yillar davomida dunyo gigantlarini mag‘lub etib kelmoqda. Chunki rugby = madaniyat. Bolalikdan boshlab hamma ushbu sport bilan o‘sadi.
Xuddi shu narsa Counter-Strike uchun Mo‘g‘ulistonda ham bo‘lishi mumkin.
• 🎮 Ularning madaniyati LAN kafelarda shakllanadi.
• 👶 Yosh iste’dodlar yetishmoqda (17 yoshli Senzu buning eng yaxshi misoli).
• 🏆 The MongolZ endi faqat kubok ko‘tarmayapti balki yangi avlodga yo‘l ochmoqda.
✨ Xulosa:
Mo‘g‘uliston aholisi jihatidan kichik bo‘lishi mumkin lekin Counter-Strike sahnasida gigant bo‘lish yo‘lida harakat qilmoqda. Xuddi rugby’da Yangi Zelandiya kabi esport sahnasida ham Mo‘g‘uliston “kichik mamlakat, katta madaniyat” hikoyasini yozmoqda.