BlogTOPUmumiy

Universitet Suhbatlarida Tilga Olingan 10 Ta Kitob

“Siz bu kitobni o‘qimaganmisiz?” deyishganda jim turmang.
Yangi tanishgan do‘stingiz bilan chuqur suhbatga kirishdingiz… hamma narsa yaxshi ketayapti deb o‘ylaysiz, birdan:
— “Siz ham Kamusni yoqtirasizmi?”
Jimlik…
Mana shu ro‘yxat, aynan shu jimliklarni yo‘qotish uchun. Universitet koridorlaridan adabiyot fakultetigacha, intellektual suhbatlarda tilga olinadigan 10 ta kitob shu yerda. O‘qimagan bo‘lsangiz ham nomini biling, lekin o‘qisangiz siz yutasiz. 📖

Albert Camus (Alber Kamyu)– “Begona”

“Onam bugun vafot etdi. Balki kecha, bilmayman.”
Ochilish jumlasi bilan ham o‘ylashga majbur qiladi. Mavjudlik falsafasi 101.

Franz Kafka – “Evrilish”

Bir kuni ertalab Gregor Samsa hasharot sifatida uyg‘ondi…
Zamonaviy insonning begonalashuvining klassik metaforasi.

Fyodor Dostoyevski – “Jinoyat va Jazo”

Vijdon, adolat, ichki hisob-kitob…
Ushbu kitob o‘qilgandan so‘ng hayotga boshqa nigoh bilan qaraladi.

Simone de Beauvoir (Simon de Bovuar) – “Ikkinchi Jins”

Feminizm tafakkurining asosiy ustunlaridan biri.
Jinsning ijtimoiy tuzilishini savolga tutmoqchi bo‘lganlar uchun.

Nietzsche (Fridrix Nitsshe) – “Zardusht tavallosi”

Qiyin, lekin hayratlanarli.
Har bir jumlasi chizib o‘tiladigan darajada, falsafiy manifestga aylanadi.

Virginia Woolf (Virjinia Vulf )– “Shaxsiy Xona”

Ayollar yozishi, mavjud bo‘lishi, yaratishi…
Faqat xona emas, undan ham ko‘proq narsa.

George Orwell (Jorj Oruell) – “1984”

Katta Og‘a seni kuzatyapti.
Hozirgi voqealar bilan mos kelish darajasi 100%.

Hannah Arendt (Xanna Arendt)– “Totalitarizm Manbalari”

Siyosiy nazariyaga kirish, lekin og‘ir doza bilan.
O‘qigan odam hayratda qoladi.

Joze Saramago – “Ko‘rlik”

Jamiyatning ko‘z o‘ngida qanday qulashini ko‘rsatadigan distopiya.
Til tuzilmasi boshqacha, lekin ta’siri kuchli.

Orhan Pamuk – Mening Ismim Qizil

Ham Sharq, ham G‘arb san’ati haqida, batafsil yoritib bergan.

    Reaksinagiz qanday?

    Tegishli Postlar

    Javob qoldirish

    Your email address will not be published. Required fields are marked *