Dunyoning 1-raqamli shaxmat ustasi Magnus Carlsen (Karlsen), Riyad’dagi Esports World Cup’da o‘tkazilgan birinchi onlayn shaxmat turnirida g‘olib bo‘ldi.🏆 U $250,000 (taxminan 188 ming £) mukofotni ham qo‘lga kiritdi. 💰

EWC bu yil jami 70 million $ mukofot puli bilan 25 ta o‘yinda (Call of Duty, Street Fighter, LoL va boshqalar) dunyoning turli burchaklaridan jamoalarni birlashtirdi va ha, bu safar shaxmat ham rasmiy ravishda “esport” ro‘yxatiga kirdi. 👀
Turnirda yurak urishini o‘lchaydigan qurilmalar, katta ekranlar, homiylar va sharhlovchilar bor edi… Qisqa qilib aytganda, an’anaviy esport muhitini his qilishdi. 🔥 Guruh bosqichlaridan kelgan buyuk ustalar, playofflarda bellashdi va finalda Carlsen (Karlsen), dunyo 8-raqami Alireza Firouzja ustidan g‘alaba qozonib, oltin qoplamali kubokni ko‘tardi. 🥇

Carlsen (Karlsen) sahnada:
“Bu hozirgach men ko‘rgan eng noodatiy shou edi. Umid qilamanki, bu kelajakda shaxmat uchun katta bir o‘zgarish bo‘ladi. Balki keyingi safar yanada kattaroq sahnalarga chiqamiz.”
📌 139 yil avval birinchi Jahon Shaxmat Chempioni taqdirlanganidan beri o‘yin butkul boshqa bosqichga yetdi va bugun shaxmat, EWC tufayli millionlab tomoshabinlar kuzatadigan esport sahnasida. 🚀