Madaniyat va dam olishUmumiy

Kino, Kriket va Egizaklar: Priti Zinta Hayotidan Qiziqarli Faktlar

Bollivud deyilganida, ko‘z oldimizga darrov raqs, qo‘shiq va rang-barang filmlar keladi. Lekin bu sehrli olamning eng yorqin yulduzlaridan biri — shubhasiz Priti Zinta ⭐. U nafaqat iste’dodi bilan balki hayotga bo‘lgan ijobiy qarashi bilan ham muxlislarning qalbini zabt etgan.

? Boshlanishi: Kriminologiyadan Katta Ekrangacha

1975 yilda Himachal-Pradeshda tug‘ilgan Priti aslida kriminologiya (jinoyat va jinoyatchilikni o‘rganadigan fan) bo‘yicha o‘qigan. Ha ha, u jinoyatchilik olamini o‘rganmoqchi bo‘lgan! ? Lekin taqdir uni kamera oldiga olib keldi va Bollivud tarixini o‘zgartirdi.

? Birinchi Yirik Rollari

Pritining karyerasidagi katta portlash — Dil Se.. (Otkinchi dunyo) va “Soldier” filmlari bo‘ldi. Keyin esa “Kal Ho Naa Ho”, Veer-Zaara (Vir va Zara) “Koi Mil Gaya” kabi asarlar orqali u millionlab muxlislarning yuragiga kirib bordi. ❤️

? Shaxsiy Hayot: Los-Anjelesga Ko‘chgan Malikamiz

2016 yil 29 fevralda Priti Los-Anjelesda amerikalik sevgilisi Gene Goodenough bilan turmush qurgan. To‘y shaxsiy marosimdagidek o‘tgan bo‘lsa ham muxlislar uni katta quvonch bilan kutib olishdi.

Bugun u asosan AQSHda yashaydi lekin Hindistonga tez-tez borib turadi ✈️.

?? Egizak Farzandlar

2021-yilda Priti va Gene surrogat ona orqali egizak farzandlarga ega bo‘lishdi. O‘g‘lining ismi Jai, qizining ismi esa Gia. Endi aktrisa nafaqat yulduz balki mehribon ona hamdir. ?✨

? Kriket Ishqibozi

Bilasizmi, Priti faqatgina aktrisa emas balki biznes woman ham! U mashhur Punjab Kings (oldingi Kings XI Punjab) kriket jamoasining hammuassisi. Kriket uchrashuvlarida uning jo‘shqin qo‘llab-quvvatlashini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. ??

? Ijtimoiy Loyihalar

Pritining yuragi ham yulduzidek katta. 2009 yilda u 34 yoshini nishonlar ekan, 34 nafar yetim qizni asrab oldi. Ularning ta’limi va ehtiyojlarini qoplab, hayotiga yorqinlik olib kirdi. ?

? Quvnoq Malikamizning Bayramlari

Priti ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. U Karva Chauth, Holi kabi hind bayramlarini farzandlari bilan birga nishonlab, an’analarni keyingi avlodga yetkazmoqda. ?

Nega Uni “Quvnoq Malikasi” Deyishadi?

Sababi oddiy: Pritining energiyasi, samimiyligi va mustaqilligi hammani ilhomlantiradi. U qayerda bo‘lsa, o‘sha yerda quvonch va ijobiylik hukmron. ?

? Xullas, Priti Zinta — bu nafaqat Bollivudning afsonaviy aktrisasi balki ijobiy kayfiyat, mustaqillik va kuch ramzi. Haqiqiy quvnoq malika! ?

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 218

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *