Qo‘rquv filmi yoqtiradiganlar eshiting! “The Conjuring: Last Rites” kinoteatrlarni boshdan-oyoq titratib, ilk dam olish kunidayoq 83 million dollar ishlab oldi. Ha, siz to‘g‘ri o‘qidingiz – 83 million dollar! ?
Bu natija Warner Bros va New Line uchun yangi rekord bo‘ldi. Avval 2018 yilda chiqqan “The Nun” spinoffi 53,8 million dollar ochilish qilgan edi, endi esa “Last Rites” uni ortda qoldirdi. ?

Yana bir fakt: bu yilgi eng yaxshi boshlanish va qo‘rquv janrida Warner Bros. tarixida uchinchi eng katta film! Faqatgina 2017 yildagi 123 million dollar ishlagan “Ono” va 2019 yildagi 91 million dollar daromad qilgan “Ono 2” undan oldinda. ?

Xalqaro maydonda ham film shov-shuvga sabab bo‘ldi: 66 davlatda 104 million dollar ishlab, franshiza uchun yana bir rekord o‘rnatdi. ??
Shu tariqa, Conjuring olamidagi 9 ta filmning umumiy daromadi 2,3 milliard dollardan oshib, uni tarixdagi eng daromadli qo‘rquv franshizaga aylantirdi. Eng asosiysi, filmning ishlab chiqarish xarajati atigi 55 million dollar – ya’ni, daromad barobar daromad! ?

Demak, agar siz qo‘rquvni va kino tomosha qilishni yaxshi ko‘rsangiz, bu filmni o‘tkazib yubormang! ??

















