Madaniyat va dam olishUmumiy

Beyoncé (Beyonse) va Jay-Z Kotsvoldsni egallamoqda: Hashamati va Shaxsiy Ko‘li Bilan!

Ha, to‘g‘ri eshitdingiz! Beyoncé (Beyonse) va Jay-Z Angliyaning Kotsvolds hududida 58 gektarlik hashamatli yer maydonini sotib olish arafasida. Rejaga ko‘ra, bu mulkka ulkan uy qurilishi kutilmoqda: 7 ta yotoqxona, 9 ta hammom va hatto shaxsiy ko‘l!

Vigginton kichik qishlog‘i chekkasida joylashgan bu mulk dastlab £7,5 millionga sotuvga qo‘yilgan edi ammo uy qayta qurilgach, uning qiymati £18 milliondan oshishi mumkin.

Mahalliy aholi esa ikki qismga bo‘lingan: ba’zilar mashhur juftlik kelishi bilan uy narxi ko‘tarilishidan va hudud muhitining o‘zgarishidan xavotirda. Boshqalar esa Beyonceni (Beyonse) ko‘rsalar ham tanimay qolishlari mumkinligini aytishgan.

Shu bilan birga, quvonchli yangilikni kutayotganlar ham bor: hatto ba’zi mahalliy aholi Beyonseni qishloq bayramida ko‘rishni orzu qilmoqda! Agar kelishuv amalga oshsa, Beyoncé (Beyonse)  va Jay-Z Kotsvoldsni “ikkinchi uyim” deb biladigan mashhurlar safiga qo‘shiladi.

💫 Moda, musiqiy yulduzlar va hashamat bir joyda — bu yangilik yoshlar uchun ham katta qiziqish uyg‘otadi!

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *