Coldplay konsertidan chiqqan drama internetni larzaga soldi. 🎶❤️ Astronomer kompaniyasining HR direktori Kristin Kebot boshlig‘i bilan samimiy holatda kameraga tushib qolgan edi. Video tarqalishi bilan odamlar “voy, bu nima bo‘ldi?” holatiga tushib ketishdi.
Ammo voqeaga tezda oydinlik kiritildi. Kristinning turmush o‘rtog‘i Endryu Kebot shunday dedi:
👉 “Men va rafiqam allaqachon ajrashganmiz.”
Ular ikki yil turmush qurgan bo‘lishgan, lekin Endryuning so‘zlariga ko‘ra, bu masala ancha oldin yakuniga yetgan. Daily Mail yozishicha, hatto Endryuning sobiq rafiqasi Yuliya ham intervyu vaqtida:

“Men darhol Endryuga yozdim. U esa: ‘Uning hayoti menga aloqador emas,’ dedi,” — deb gapirib berdi.
Bundan ham qiziqrog‘i — Kristin mojarodan ko‘p o‘tmay, 13-avgust kuni Nyu-Gempshir shtatida rasmiy ajrashish uchun hujjat topshirgan. 📑
Xullas, internet “ishqiy xiyonat” deb ko‘rgan voqea aslida hujjatlar bilan ham tasdiqlangan ajralishdan keyin sodir bo‘lgan. 😬
Siz nima deb o‘ylaysiz? Bu voqea ortiqcha shov-shuvmi yoki haqiqiy drama? 👀