Turk seriallari faqatgina mamlakat ichida emas, balki dunyo bo‘ylab ham juda katta auditoriyaga ega. Netflix’dan tortib Lotin Amerikasi telekanallarigacha — hamma joyda turk yulduzlarini ko‘ramiz! ?✨ Shuning uchun ham ularning gonorarlari osmon bo‘ylab uchib ketgan. Keling, hozirgi kunda eng ko‘p haq olayotgan aktyor va aktrisalarni birga ko‘rib chiqamiz. ?
? 1. Can Yaman – 5 million lira (~150 ming yevro)

Italiya va Lotin Amerikasida ham yulduz bo‘lib ulgurgan Can Yaman hozircha eng yuqori narxga ega! ? Serial va reklama loyihalari unga shunchaki oqib kelmoqda. Serialning har bir bo‘limi uchun oladigan gonorari — 5 million lira. Vayyy! ?
? 2. Çağatay Ulusoy – 3,5 million lira (~105 ming yevro)

Netflix’dagi rollari bilan nom qozongan Çağatay Ulusoy — har doim trendda! ? Uning seriallarda borligi nafaqat tomoshabinlarni, balki eksport qiymatini ham oshiradi. Kelishgan va aqlli ko‘rinishi + xalqaro ommalashuv = 3,5 million lira ?
? 3. Kıvanç Tatlıtuğ – 3 million lira (~90 ming yevro)

Turk ekranlarining “klassik superstari” ?. Kıvanç hamon eng qimmat loyihalarda ishtirok etadi. Serialning har bir bo‘limi uchun 3 million lira olish — oddiy narsa bo‘lib qolgan. ?
? 4. Serenay Sarıkaya – 2,5 million lira (~75 ming yevro)

Aktrisalik, moda, reklama — hammasida muvaffaqiyatli! ? Serenay ijodiy qirralari bilan prodyuserlarning eng sevimli yulduziga aylangan. Gonorari esa — 2,5 million lira. ?
? 5. Demet Özdemir – 2 million lira (~60 ming yevro)

Komediya, drama, romantika — Demet hammasini zo‘r o‘ynaydi! ? Bir seriyadan 2 million lira olsa-da, reklama va brend hamkorliklari orqali yanada ko‘proq daromad topadi. ?



















