Madaniyat va dam olishUmumiy

“Qizil Sharbat” To‘xtatiladimi? RTÜKdan Shok Xabar, Tomoshabinlar esa “Portladi!”

12-sentyabr kuni muxlislar orziqib kutgan “Qizil Sharbat”ning 4-mavsumi nihoyat efirga chiqdi. ? Ammo quvonch uzoqqa cho‘zilmadi: oradan bir kun o‘tmasdan serialni yopishni talab qilgan kampaniya trendga chiqib ketdi! ?

? 104-epizoddan keyin nima bo‘ldi?

RTUK ma’lumotiga ko‘ra, faqatgina bitta qismdan keyin ularga 11 mingdan ortiq shikoyat kelib tushgan! ?
Asosiy sabab? — Firaz va Dog‘a o‘rtasidagi yangi sevgi qissasi. Tomoshabinlarning katta qismi bu sahnalarni “oilaviy qadriyatlarga qarshi” deb hisoblagan.

? RTUKning rasmiy bayonoti

RTUK rahbari ochiqchasiga:

“Biz xalqimizning an’anaviy va axloqiy qadriyatlariga zarar yetkazuvchi seriallarga befarq qaramaymiz”,
— deb chiqdi.

Hozircha serialni butunlay yopish, prodyuserlarga katta jarima solish, hatto rejissyor va ssenariychilarni ham tekshiruvdan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. ?

  ? 19-sentyabr kuni yangi qism bo‘ladimi?

Hozircha noma’lum. ❓ Turk jurnalisti Birsen Altuntaş ham “taqiqlanish ehtimoli yuqori” deb yozdi.

? Bu birinchi janjal emas!

“Qizil Sharbat” avval ham ko‘p bahsga sabab bo‘lgan. 2023-yilda oynadan uloqtiriladigan zo‘ravonlik sahnasi tufayli RTUK serialni 5 haftaga to‘xtatgan edi. O‘shanda ayollar huquqini himoya qiluvchi tashkilotlar:

“Bu zo‘ravonlikni oddiylashtiryapti!” ✋
— deya qarshi chiqqan, Show TV esa sudga murojaat qilgandi.

? Tomoshabinlar ikkiga bo‘lingan

Serial konservativ va sekulyar oilalarni qarama-qarshi qo‘yib, jamiyatdagi qadriyatlar to‘qnashuvini ko‘rsatadi. Shu sababli ham:

  • Bir tomondan katta muxlislar armiyasi ?
  • Ikkinchi tomondan qizg‘in bahs va noroziliklar ?

paydo bo‘lmoqda.

Muxlislar esa bo‘sh o‘tirgani yo‘q: ijtimoiy tarmoqlarda yangi hashtag ochib, “Qizil Sharbatni to‘xtatmang” deb kampaniya boshlashdi. Hatto aktrisa Evrim Alasya (Kiviljim) ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. ?

 ? Spoiler?

Eng qiziq joyi — gap-so‘zlarga ko‘ra, ssenariy allaqachon o‘zgartirilgan. Firaz va Dog‘aning sevgi qissasi yo to‘liq olib tashlangan, yo biror qahramonning “tushi” sifatida qoldirilgan deyishmoqda. ?

Juma kuni hammamiz bilib olamiz! ?


? Sizningcha, “Qizil Sharbat” yopiladimi yoki yo‘qmi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! ?

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 166

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *