Hammamiz bir paytlar bola edik… O‘sha kunlarning o‘yinlari, kulgulari kabi, balki xafaliklar va yaralar ham bor edi. Vaqt o‘tib, ulg‘aydik, o‘zgardik… Lekin ba’zi izlar biz bilan qoldi. Xo‘sh, siz bir paytlar bosib o‘t yo‘lingiz, bugungi kunizga qanday ta’sir qilganini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Bu testni ishlang va savollarizga javob toping.
Eslatma: Bu test faqat ko‘ngilochar maqsadlar uchun mo‘ljallangan!
Jinsingizni tanlang?

Ayol
Erkak
Yoshni tanlang?

18 yoshgacha
18-24
25-34
35-44
45-64
65+
Eng ko‘p qaysi vaziyatda o‘zingizni noqulay his qilasiz?

Sinf oldida gapirganda
Kimdir sizni e’tiborsiz qoldirganda
Muvaffaqiyatsizlikka uchraganda
Kimdir asabiylashganda
Bolalikda eng ko‘p qaysi his sizga ta’sir qilgan?

Qo‘rquv
Yolg‘izlik
Aybdorlik
Tashvish
Oilangizdan biri asabiylashganda nima qilardingiz?

Qochardim
Jim turib, burchakka chekinardim
Uzr so‘rardim
Qotib qolardim
O‘yin o‘ynash paytida eng ko‘p nima qilardingiz?

Qoidalarni belgilardim
Hammaga yoqishini ta’minlardim
Yutqazishdan qo‘rqar edim
Ko‘pincha o‘yinni tashlab ketardim
Katta bo‘lib, tanqid qabul qilganingizda o‘zingizni qanday his qilasiz?

O‘zimni qadrsiz his qilaman
Himoyaga o‘taman
Ichimga yutaman
Tashvishga tushaman
Bolalikni eslaganingizda eng ko‘p yaxshi xotiralar esingizga tushadimi?

HA
Yo‘q
Bola bo‘lganingizda eng ko‘p kimga muhtoj edingiz?

Himoyachiga
Tinglovchiga
Jasorat beruvchiga
Tushunadigan odamga
Oxirgi savol: Munozara paytida darhol ovozingizni ko‘tarasizmi?

Ha
Yo‘q

Qo‘rquv travmasi
Ko‘pchiligimiz hayotimizning turli davrlarida, balki bolalik yillarida, qat’iy, qoidabuzar va jazolovchi shaxslar bilan duch kelganmiz. Bu shaxslar, ehtimol, oilamizdan biri, o‘qituvchi yoki ish beruvchi bo‘lishi mumkin. Ularning soyasida o‘sish, bizni tanqidga nisbatan juda sezgir qiladi. Tanqid ostida yuragimiz og‘ridi, himoyasiz his qilganmiz… Bu hislar aynan shu vaziyat natijasidir. Xato qilish qo‘rquvi ham shu bosim qoldirgan izlardan biri bo‘lishi mumkin. Doimiy tasdiq izlash esa, bolalikda yetarli e’tibor olmaganimiz yoki doimiy tanqid ostida ulg‘ashimiz natijasida kelib chiqadi. Lekin unutmang: o‘tgan kunlar bugungi sizni belgilaydi, lekin kelajagingizni belgilash kuchi faqat sizda!

Hissiy e’tiborsizlik travmasi
Bir paytlar, ehtimol, hozir ham eslaysiz, bola edingiz. O‘sha paytlarda eng ko‘p ehtiyojingiz hissiy qiziqish va tushunish edi. Ammo, ehtimol, bu ehtiyojingizni to‘liq qondira oladigan odamni topmadingiz. Atrofingizdagilar sizni yetarlicha tushunmadi yoki e’tibor bermadi. Bu kichik yuragingizda hali ham bor bo‘lgan yara bo‘lishi mumkin. Endi kattasiz va o‘sha bolalik davridagi hissiy ochlik izlarini hali ham his qilayotgan bo‘lishingiz mumkin. Eng ko‘p qo‘rqqaningiz – “ko‘rilmaslik” yoki “ahamiyatsiz his qilish”. Ammo unutmang: endi katta odam sifatida bu ehtiyojlaringizni qondira olish kuchiga egasiz. O‘zingizga bo‘lgan mehr va tushunishni oshirish, bu yaralarni davolashning eng yaxshi yo‘lidir.

Ortiqcha javobgarlik travmasi
Ba’zilar bolalikdagi yozgi damlar, o‘yinlar, muzqaymoq va bog‘dagi kulgili lahzalarni eslaydi. Ammo ba’zilar uchun bolalik ko‘proq mas’uliyat demakdir. Ehtimol, bolaligida yoshlik do‘stlariga qaraganda ko‘proq mas’uliyat olishga majbur bo‘lgan bo‘lishingiz mumkin. Endi ulg‘ayganda ham hamma narsani nazorat qilish ehtiyoji sezilishi mumkin. Xato qilishdan qo‘rqish, har qadamni diqqat bilan qo‘yish, qarorlarni sinchiklab qabul qilish hali ham mavjud bo‘lishi mumkin. Agar bu hislar sizga tanish bo‘lsa, bilingki, siz yolg‘iz emassiz. Har bir insonning o‘z hikoyasi va o‘z tezligi bor. O‘zingizga nisbatan muloyim bo‘ling.

Tashlab ketilish travmasi
Hayotingizning bir nuqtasida, eng ko‘p ehtiyoj sezgan vaqtingizda, sizni sevganini iddao qilgan odamlar hissiy va jismoniy jihatdan yoningizda bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Bu, ehtimol, sevgi munosabatida yoki oilada bo‘lgan voqea bo‘lishi mumkin. Bu esa, sizning hissiy dunyoyingizda chuqur iz qoldirgan bo‘lishi mumkin. Bu qo‘rquv natijasida yaqin munosabatlarda kuchli tashvish paydo qilishi mumkin. Munosabat boshlashda yoki davom ettirishda doimiy xavotir his qilishingiz mumkin. Ammo unutmang: bu vaziyatni yengish o‘z qo‘lingizda. O‘zingizga vaqt bering, his-tuyg‘ularingizni tushunishga harakat qiling va kerak bo‘lsa, professional yordam olishdan tortinmang. Sizning his-tuyg‘ularingiz va boshdan kechirganlaringiz har doim muhimdir.