Turk seriallarini tomosha qiladiganlar uchun Neslihan Atagul nomi allaqachon tanish. 😍
1992-yil 20-avgust kuni Istanbulda tug‘ilgan bu iste’dodli aktrisa yoshligidan san’atga oshno bo‘lib ulg‘aydi.
🎬 Birinchi qadami – 2006-yilda İlk Aşk “Birinchi Muhabbat” filmi orqali. Ammo haqiqiy “portlash” 2015-yilda “Sevgi Iztirobi” (Kara Sevda) seriali bilan bo‘ldi. Ushbu loyihadan keyin Neslihan faqatgina Turkiyada emas balki butun dunyoda ham millionlab muxlislar qalbini zabt etdi. 🌍❤️

Keyinchalik u (“Fatih Harbiye”), (“Hayat Devam Ediyor”) va (“Sefirin Kızı”) kabi mashhur loyihalarda ham bosh rollarni ijro etib, aktyorlikdagi o‘rnini yanada mustahkamladi.
✨ Neslihanni nrga bunchalik yaxshi ko‘rishadi?
Samimiyligi bilan ekrandan ham iliqlik ulasha oladi.
Kuchli emotsional energiyasi tomoshabinni bir zumda o‘ziga tortadi.
Tabiiy go‘zalligi esa muxlislarni yanada rom qiladi.
💍 2016-yilda aktyor Kadir Doğulu bilan turmush qurgan bu juftlik, turk mediasining “eng yoqimli oilasi” sifatida ko‘p tilga olinadi.
👶 2025-yilda esa ular o‘g‘illari Aziz bilan baxtini yanada to‘ldirishdi. Bugungi kunda Neslihan Atagul faqatgina seriallar orqali emas balki yoshlar uchun ilhom manbai sifatida ham qadrlanadi. 🌟