O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi, mashhur bloger Maryam Tillayeva va uning sevgilisi Arno Kosyan UzCast YouTube kanalida eksklyuziv intervyu berib, munosabatlari va rejalashtirilayotgan to‘ylari haqida gapirib berishdi.
❄️ Uchrashuv hikoyasi: Tog‘ kurortidan boshlangan muhabbat
Maryam va Arnoni hayot Fransiyadagi Krushevel tog‘ kurortida uchratishdi.
Arno aytishicha:
“Men restoranga do‘stim bilan kirganimda Maryam ham u yerda edi.”
Maryam esa avvaliga “tortinchoq yigit” deb o‘ylaganini tan oldi. Ammo tez orada ular chang‘ida birga uchib, do‘stlashib ketishgan. Uchinchi kuni esa do‘stlari Maryamga: “Masha, u seni yoqtirib qolganga o‘xshaydi” deb aytishgan.
Shu tariqa, do‘stona boshlangan suhbat – katta muhabbatga aylandi. ❤️

🎓 Arno kim o‘zi?
Arno hali ishlamaydi, yaqinda institutni bitirib, magistraturaga o‘qishga kirgan. Uning mutaxassisligi – xalqaro iqtisodiyot.
“Hech qachon pul bilan imtihon topshirmaganman,” – deydi u faxr bilan.
Bundan tashqari, u do‘sti bilan kiyim-kechak brendini ham yo‘lga qo‘ygan.
👩❤️👨 Yosh farqi muammo emas!
Maryam sevgilisidan bir necha yosh katta. Ammo ular uchun bu hech qanday to‘siq emas.
Arno kulib:
“Maryam 25 yoshga o‘xshamaydi ba’zan 15 yoshli qizaloqdek tutadi o‘zini.”
Maryam esa javoban:
“Arno ba’zan 10 yoshli bola, ba’zan 50 yoshli erkak bo‘lib qoladi.”
💎 Uzukni chiqarish yoqasida…
Arno o‘z sevgisini bildirish jarayonini hazil bilan yodga oldi.
Samolyotdagi kichik janjallar, qayiqda bo‘lib o‘tgan dramatik lahzalar sababli u uzukni hatto 7 marta chiqarishni o‘ylaganini aytib berdi.
Ammo oxir-oqibat, romantik tarzda Maryamning qo‘lini so‘radi va Maryam ko‘zlari yoshlanib:
“Roziman” – dedi.

🥳 Toshkentda 2 kunlik to‘y!
Juftlikning rejasi – kelasi yil sentabrda Toshkentda katta to‘y qilish.
Maryamning so‘zlariga ko‘ra, ular zamonaviy to‘y o‘tkazishni istashadi ammo milliy urf-odatlarsiz ham bo‘lmaydi.
“Amerikadan ham, Rossiyadan ham do‘stlari keladi. Toshkent hamma uchun qulay variant bo‘ldi,” – dedi Maryam.

👨👩👧 Qiyin oila
Maryam oilasi bilan qiyin munosabatlari haqida ham ochiq gapirdi:
“Oilamizdagi janjallarni ko‘rsangiz, dushman yaxshiroq deb o‘ylaysiz. Men doim sog‘lom oilani orzu qilganman. Arnoni uchratganimdan juda xursandman.”
Uning orzusi – baxtli, janjalsiz oila va kelajakdagi farzandlariga mehrli muhit yaratish.
😅 Mish-mishlar va kulgili gaplar
Arno eng ko‘p eshitadigan mish-mishlaridan biri – “alfons” degan gap. Hatto Maryamning dugonalari ham unga shunday deb yozishgan ekan.
“Shuning uchun Maryam mendan ikki baravar ko‘proq pul sarflashimni talab qilgan. Dugonalar oldida o‘zimni oqlash uchun,” – deb hazillashdi Arno.
Yana kimdir uni “narkotik ta’sirida” yuradi deb o‘ylagan. Aslida esa Arno bolaligida doridan zaharlangan, shundan keyin salomatligida muammo qolgan.

🌟 Kelajakdagi Arno va Maryamga murojaat
Arno o‘ziga murojaat qilib, shunday dedi:
“Arno, umid qilamanki, sen sportni tashlab qo‘ymagansan va Maryamdan bo‘ying baland bo‘lib qolgan.”
Maryam esa:
“Umid qilamanki, jahlimdan qutulganman va Arno hamon yonimda.”
👉 Qisqasi, Maryam va Arnoning muhabbati haqiqiy romantik filmga o‘xshaydi. Endi esa hammamiz Toshkentdagi asr to‘yiga guvoh bo‘lishni intiqlik bilan kutamiz! 🎉