Marvel yana muxlislarni hayratda qoldirishga tayyor! 🕷️
“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi ortidan, yangi loyihada kutilmagan antagonist paydo bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.
👉 Asosiy raqib rolini aktyor Mavrin Jons III ijro etadi. U “Go‘rkov” nomli personaj bilan sahnaga chiqadi. Marvel ixlosmandlari uchun bonus: aktyor bu qahramonga avval ham “O‘rgimchak odam: Olamlar aro” animatsion filmida ovoz bergan edi.

👿 “Go‘rkov” kim o‘zi?
Komikslarda “Go‘rkov” — Nyu-York jinoyat olamining katta boshlig‘i. 😎 U Piter Parker uchun shunchaki oddiy dushman emas balki haqiqiy og‘ir raqib sifatida tanilgan. Qolaversa, bu personajni yana kelajakda chiqadigan “O‘rgimchak odam: Koinotdan tashqarida” animatsion filmida ham ko‘ramiz.
🎬 Filmda yana kimlar bor?
💥 Tom Xolland — O‘rgimchak odam
💥 Zendaya — Meri Jeyn
💥 Jeykob Batalon — Ned
Shuningdek, internetda “Yashil goblin” rolini kim ijro etishi mumkinligi haqida turli mish-mishlar yuribdi. Hatto Mark Ruffalo (Xalk) franchayzingda avvalgidan ham tahlikali ko‘rinishda qaytishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. 😏
📅 Qachon chiqadi?
Filmni tajribali rejissyor Destin Deniyel Kretton boshqaradi. Ssenariyni esa Marvelning “oltin dueti” — Kris Makkenna va Erik Sommers yozmoqda.
🗓 Premyera sanasi: 2026 yil 31 iyul
Demak, yozni yana O‘rgimchak odam bilan kutib olamiz! 🎉