Madaniyat va dam olishUmumiy

Agar otasi qarshi chiqmaganda, Leonardo Di Kaprio bugun “Lenni Uilyams” bo‘lishi mumkin edi!

Hollywoodning eng mashhur yulduzlaridan biri — Leonardo Di Kaprio aslida biz bilgan “Leo” bo‘lmasligi ham mumkin edi! 😮

U “New Heights” podkastida yoshligidagi qiziq bir voqeani aytib berdi. Gap shundaki, Leo atigi 12-13 yoshlarida aktyorlik yo‘lini tanlaganida, uning birinchi agenti ismini “juda etnik” deb hisoblab, uni o‘zgartirishni maslahat bergan ekan.

👉 Agent hatto yangi ismni ham tayyorlab qo‘ygan — Lenni Uilyams!
Ya’ni Leonardo qisqartirilgan, familiya esa to‘liq uydirma bo‘lgan.

Leo hazil aralash eslaydi:

“Siz endi Lenni Uilyams bo‘lasiz”, — degan agent.

Ammoaaa… 💥 Leoning otasi bunga keskin qarshi chiqqan! Sahnadagi yangi ism yozilgan suratni ko‘rib, u g‘azablanib:

“Mening jasadim orqali!” — deb, qat’iy rad etgan.

Va natija hammamizga ma’lum: Leonardo Di Kaprio o‘zining haqiqiy ismi bilan butun dunyoni zabt etdi 🌍💎.

Bugun esa “Titanic”dan tortib “Inception” va “The Revenant”gacha — biz “Leo”ni “Lenni” emas, Di Kaprio sifatida yaxshi ko‘ramiz ❤️

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *