Madaniyat va dam olishUmumiy

“Muhtasham Yuzyil”ning Hurrami: Meryem Uzerli haqida bilmaganlaringiz!

Bugun sizlarga “Muhtasham Yuzyil” seriali orqali millionlab tomoshabinlarning yuragini zabt etgan, go‘zalligi, iste’dodi va hayotiy hikoyasi bilan mashhur bo‘lgan Meryem Uzerli haqida eng qiziqarli faktlarni taqdim etamiz. 🥳

👶 Bolalik va oila sirlaridan…

1983-yil 12-avgustda Germaniyaning Kassel shahrida tug‘ilgan Meryem, 4 farzandli oilaning eng kenjasi. To‘liq ismi – Meriem Sahra Uzerli. Otasi turk, onasi esa nemis. Demak, u haqiqiy ikki madaniyatni o‘zida jam qilgan aktrisa! 🌍

🎭 Teatr sahnasidan sultonlikka

Yoshlik chog‘ida Hamburgga ko‘chib o‘tadi va u yerda aktyorlik bo‘yicha tahsil oladi. Berlin, Hamburg va Kassel shaharlarida teatr sahnalarida chiqish qilib, asta-sekin ekranlarga yo‘l oladi.

👑 Hurram Sulton bilan “portlagan” mashhurlik

2011-yilda efirga chiqqan “Muhtasham Yuzyil” serialida Hurram Sulton rolini ijro etib, tom ma’noda yulduzga aylandi. Halit Ergench bilan ekran juftligi esa muxlislar tomonidan “afsonaviy duet” sifatida eslanadi. 🌟

🛑 Charchatgan mashhurlik

Mashhurlikning narxi qimmat bo‘ldi. 2013-yilda Uzerli charchoq sindromiga duch kelib, serialni tark etib, Germaniyaga qaytdi. Bu qaror ko‘plab muxlislarni hayratda qoldirdi.

💔 Sevgi va onalik hikoyasi

Meryemning o‘sha paytdagi sevgilisi Jan Ateş unga turmush qurishni taklif qilgan edi, ammo ular ajrashishdi. Shunga qaramay, 2014-yilda qizi Lara Jemine tug‘ildi. 2021-yilda esa amerikalik sevgilisidan ikkinchi farzandi – Lily Koi dunyoga keldi. 👩‍👧‍👧

🎥 Filmlar, seriallar va reklama ishlari

  • “Muhteşem Yüzyıl (2011–2013) – Hurram Sulton
  • “Annemin Yarası (2015) – Marija
  • “Gecenin Kraliçesi (2015) – Selin
  • “Kovan (2020) – Ayshe
  • “Şakir Paşa Ailesi: Mucizeler ve Skandallar” (2024–2025) – Rozali

Bundan tashqari, “Elidor” reklamalari orqali ham yulduzlik cho‘qqisida bo‘ldi. 💇‍♀️✨

🏆 Mukofotlarga to‘la yillar

2011–2013-yillarda “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida “Altın Kelebek”, “Radikal”, “GQ” va yana o‘nlab mukofotlarni qo‘lga kiritdi. U o‘sha davrning eng yorqin yulduzi edi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 🌟🏆

Bugungi hayoti

Berlin shahrida qizlari va oilasi bilan sokin hayot kechirmoqda. Bir paytlar “sultonlik” qilgan aktrisa bugun oddiygina kafe egasi, ammo hali ham ekranlarga qaytib, muxlislarini quvontirmoqda. 🎬💖

🔥 Xulosa:

Meryem Uzerli – faqatgina Hurram Sulton emas, balki hayoti ko‘plab sinov va yutuqlardan iborat bo‘lgan haqiqiy “sahna malikasi”.

Sizningcha, Meryem Uzerlining eng yaxshi roli qaysi? 👇
Izohlarda yozib qoldiring!

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *