Instabloger, model hamda endilikda havaskor xonanda sifatida ham tanilib borayotgan Yunetta Akopyan (Yunka) yaqinda “Mehmonda” dasturida intervyu berib, o‘zining san’atdagi ilk qadamlaridan tortib, yulduzlik kasali, shaxsiy hayoti va moliyaviy savodsizligi haqida samimiy so‘zlab berdi.
🎤 “Shohruxxon bilan duet? Avval uni tanimaganman!”
Yunettaning aytishicha, unga kutilmaganda mashhur xonanda Shohruxxon duet kuylashni taklif qilganida, u kimligini bilmagan. Do‘stlari “Bu Shohruxxon!” deb tushuntirganidan keyingina hayratlangan. Oradan ko‘p o‘tmay, ular “Sevimli” telekanalida “Yangi yil” shousida birga sahnaga chiqishdi.
💃 “Bezori” klipidagi kutilmagan rol
Shohruxxon keyinchalik Yunettani “Bezori” klipi uchun aktrisa sifatida ham taklif qilgan.
“Shohruxxon meni ilgari qo‘llab-quvvatlagani uchun bu safar ham rozi bo‘ldim”, – deydi Yunka.

🎶 “To‘ylarda kuylash niyatim bor”
Hozircha qo‘shiqchilikni daromad manbai sifatida ko‘rmayotgan Yunetta kelajakda to‘ylarda kuylash istagini yashirmadi:
“To‘ylar, o‘yin-kulgilar menga yoqadi. Shu sabab sho‘xroq qo‘shiqlar kuylashim kerak. Bu oy ikkita yangi qo‘shig‘im taqdim etiladi. Ulardan biri tug‘ilgan kunim uchun yozilgan bo‘lib, ‘XXIII’ deb nomlangan”, – deydi u.
💔 “Sevgan insonim yo‘q – hozir o‘zimni sevaman”
Shaxsiy hayoti haqida savol berilganda Yunetta bunday dedi:
“Sevgan insonim yo‘q. Hozirgi sevganim – o‘zim. Chunki insondan nima talab qilsang, avval o‘zing shunday bo‘lishing kerak ekan”.

💸 “Moliyaviy savodxonligim – 0!”
Yunetta pul masalasida o‘zini tanqid qilib shunday dedi:
“Moliyaviy savodxonligim 0 darajada. Uyim ham, mashinam ham yo‘q lekin ololardim. Bitta “BMW”ga yetadigan pulni boshqa narsalarga sarflab yubordim”.
😱 Bir yil avvalgi o‘ziga murojaati
Bugungi tajribasi bilan u bir yil oldingi o‘ziga shunday degan bo‘lardi:
“Sen to‘g‘ri yo‘ldasan. Hech narsadan uyalma. Uy ham, mashina ham darrov bo‘lmaydi ammo hurmating oshadi. Hissiyotlaringni qadrlagin – ular seni kuchli qiladi”.

🌍 Sayohatlar, sahnalar va yangi qadamlar
Yunettaning so‘zlariga ko‘ra, u shu paytgacha ko‘proq o‘zini chalg‘itish uchun turli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangan – blogerlik, festivallarda qo‘shiq kuylash, sayohatlar. Endi esa u ijodga yanada jiddiyroq yondashmoqchi.