Madaniyat va dam olishUmumiy

Yunkaa 23 Yoshda va “XXIII” Bilan Yana “Portlatdi!”

Instabloger, qo‘shiqchi va trend yaratuvchi Yunkaa o‘zining 23 yoshini shunchaki nishonlamadi — u bu sanaga bag‘ishlab yangi “XXIII” trekini chiqardi! ?✨

Qo‘shiq 7-oktyabr kuni drop bo‘ldi va allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda trendga chiqmoqda. ?

? “XXIII” — bu shunchaki trek emas, bu his-tuyg‘u!

Yunkaa yangi qo‘shig‘ida o‘zining hayot yo‘li, sinovlari va muvaffaqiyatlari haqida samimiy tarzda so‘z yuritadi. Unda u “har qiyinchilikka qaramay, orzularni tark etmaslik” ruhini kuylaydi. ?
Trekni barcha musiqa platformalarida tinglash mumkin — Spotify, Apple Music, YouTube… hammasida bor! ?

? Oldingi hitlar yoddami?

Yunkaa ilgari ham bizni “Dardim”, “Yomg‘ir”, “Airways” va Shokir bilan kuylangan “O‘zboshimcha” dueti bilan hayratda qoldirgandi.
Endi esa yangi loyiha — Maryam Tillayeva bilan “Shunaqa gaplar” dueti — 27-oktabrda chiqishi kutilmoqda. Demak, Yunkadan bu kuzda yana ? vayb kutamiz!

? Siz eshitdingizmi “XXIII”ni?
Qanday taassurot qoldirdi?
Kommentda yozing, kimga bag‘ishlangandek tuyuldi? ??

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 166

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *