Madaniyat va dam olishUmumiy

Turkiya Shou-Biznesida Shok! Hadise, Demet Evgar, Ziynet Sali va Yana O‘nlab Yulduzlar Hibsga olindi keyin OZODLIKKA Chiqarildi.

Turkiyada shou-biznes olami titrab ketdi! 🇹🇷
8-oktabr kuni Halk TV telekanali e’lon qilgan xabarga ko‘ra, Istanbul prokuraturasi tomonidan giyohvand moddalar va kontrabanda bo‘yicha katta operatsiya o‘tkazilgan.

Va bu safar oddiy odamlar emas — Turkiyaning eng mashhur san’atkorlari nishonga olingan! 😱


🎬 Kimlar Hibsga Olingan?

Xabarlarga qaraganda, ro‘yxat juda uzun… va to‘g‘risi, “bu ismlar bo‘lishi mumkin emas!” dediradigan darajada hayratli.

Oralarida kimlar yo‘q deysiz?
👉 Hadise, Dilan va Engin Po‘lat, Simge Sag‘ın, Demet Evgar, Kubilay Aka, Birce Akalay, Berrak Tüzünataç, İrem Derici, Kaan Yıldırım, Mert Yaziciog‘lu, O֥‘zge O‘zpirinçci, Ziynet Sali va yana ko‘plab mashhurlar!

Ularning barchasi Istanbul jandarmiya boshqarmasiga olib ketilgan, hozirda esa so‘roq va qon tahlillari jarayonida ekani aytilmoqda.

⚖️ Advokatlar Nima Deydi?

Mashhur qo‘shiqchi İrem Dericining advokati Ayshegul Mermer jurnalistlarga:

“Hozircha ishning tafsilotlari ochiqlanmagan. Biz so‘roqqa yo‘l oldik, keyinroq rasmiy ma’lumot beriladi,” — degan.

Ziynet Salining advokati esa shunday dedi:

“Ziynet hozir xorijdaligidan so‘roqqa qatnasholmadi. U qaytgach, ko‘rsatma beradi. U umrida sigaret ham chekmagan!”

Bu orada Simge Sağınning advokati ham javob qaytardi:

“Simge bir haftadan beri AQShda. U hozir Turkiyada emas.”


🎲 Eslatma: Bu Birinchi Martamas!

Shou-biznesda bu kabi mojaro birinchi marta yuz berayotgani yo‘q. Esingizdami, shu yil fevral oyida Sardar Ortach noqonuniy qimorni targ‘ib qilgani uchun 10 oy qamoq va 400 lira jarima bilan jazolangan edi.


😳 Xulosa: “Instagramda Ko‘rayotganlaringiz – Hammasi Haqiqat Emas!”

Bu voqea yana bir bor ko‘rsatdiki, sahnada porlab turgan yulduzlarning hayoti ortida qanday sirlarga to‘la dunyo yashiringanini hech kim bilmaydi.

Endi esa barcha nigohlar Istanbul prokuraturasiga qaratilgan: bu ish qayerga boradi?

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *