O‘zbekiston san’at olamida nomi o‘ziga xos tarzda tilga olinadigan xonanda — Jahongir Otajonov bugun 47 yoshda! 🎉 Yetti farzandning otasi, “jonli ijro qiroli” sifatida tanilgan bu san’atkorning hayoti — filmga loyiq hikoya desak, adashmaymiz. 🎬
👶 “8-sinfdan keyin o‘qimaslikka majbur bo‘lganman”

1978-yil 29-sentabrda Urganchda san’atkorlar oilasida dunyoga kelgan Jahongir, aslida boy oilada ulg‘aygan. Ammo hayot sinovsiz bo‘lmaydi — oilasi moddiy jihatdan qiynalib qolganida u:
“8-sinfdan keyin o‘qimaslikka majbur bo‘ldim, bozorda savdo qildim,” — deydi.
O‘sha davrlar Otajonov uchun og‘ir ammo saboqli bo‘lgan. Bugungi qat’iyat va kuch aynan o‘sha yillarda shakllangan. 💪
🏚 “Uyimni o‘zim buzib tashlaganman!”
Ha, siz noto‘g‘ri o‘qimadingiz. Bir paytlar Jahongir tog‘asi bilan uy masalasida tortishib, jahl bilan qurilgan ikki qavatli uyini o‘zi buzdirib tashlagan! 😱
Tog‘am “istasang, uyingni olib ket”, degan. Men esa jahl bilan 30-40 ta ustani chaqirib, uyni buzdirib tashlaganman,” — deydi xonanda.
Bugun u o‘sha voqeani “Yaratgan keyin menga ko‘p uy berdi” deb, tabassum bilan eslaydi. 😊
🚗 “Mashinam yonib ketdi… keyin o‘g‘irlashdi ham!”

Jahongirning hayotida mashinalar alohida “drama” bo‘limi!
Avvaliga yangi mashinasi to‘ydan qaytayotganda yonib ketgan, hujjatlar bilan birga kul bo‘lgan. 😬
Yillar o‘tib esa Istanbulda mashinasini o‘g‘irlab ketishgan!
“Kulgim keladi, mashinamni o‘g‘irlab ketishdi. Hayot shunaqa, kimdir mashinangni oladi, kimdir uyingni “uxlatib” ketadi, — deydi Otajonov kulib. 😅
🎶 “Men san’atdan ketdim… keyin yana qaytdim”

2020-yilda Jahongir barchani hayratda qoldirib, san’atni tark etganini e’lon qilgan edi.
U o‘z muxlislariga murojaat qilib, shariat sababli musiqadan voz kechishini bildirdi va YouTube’dagi barcha qo‘shiqlarini o‘chirtirdi. 😔
Ammo san’at qonida bor! 6 oydan so‘ng u yana sahnaga qaytib, “G‘iybatchilarga” nomli qo‘shig‘i bilan qayta porladi. 🔥
⚖️ Sudlar, ayblovlar va aliment mojarolari
Jahongirning ismi faqat sahnada emas sarlavhalarda ham ko‘p paydo bo‘lgan. 🗞
2021-yilda u IIV xodimlarini haqorat qilgani uchun sudga tortilgan, keyin esa uch nafar farzandiga aliment to‘lamagani uchun aeroportdan ucholmay qolgan.
Ammo xonanda bu holatlarni ortda qoldirib, hayotini ijobiy yo‘nalishda davom ettirdi. 🙏
👨👩👧👦 7 ta farzandning faxrli otasi

Jahongir Otajonov — faqat sahna yulduzi emas balki katta oilaning mehribon boshlig‘i. 🥰
Uning farzandlari — Mumtoza, Muammar, Muhammad, Muayyad, Yasira, Yasmina, Liynat — ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez otalari bilan birga paydo bo‘lishadi.
🎤 Katta sahnaga qaytish!
2025-yil 10-may kuni Toshkentdagi Humo Arenada Jahongir uzoq kutilgan konsertini berdi.
Va, albatta, 100% jonli ijroda! 🔊🔥
Muxlislar bu konsertni “esdan chiqmaydigan kecha” deb atashdi.
💬 Yakuniy so‘z:
Jahongir Otajonov — ba’zida ziddiyatli, ba’zida o‘ta samimiy lekin har doim haqiqiy inson bo‘lgan.
Hayoti — “bardosh, sadoqat va san’atga muhabbat” darsligi. ❤️