O‘zbek estradasining doimo yangilik izlab yashaydigan xonandasi Nilufar Usmonova yana sahnaga boshqacha ohangda chiqmoqda! Bu safar u faqat musiqa emas, tarixiy meros va zamonaviy dizaynni ham ijodiga qo‘shib, muxlislarini hayratda qoldirmoqda.
Nilufar Instagram sahifasida sirli bir tarixiy binoda suratga olish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Post ostida esa bunday yozuv qoldirgan:
“Qadimdan boshlangan buyuklik — bugungi kunda zamonaviy asarga aylandi. Bu oddiy bino emas — bu meros, bu tarix. Yangi hamkorlik. Tarixiy g‘oya. Suratga olish jarayonidan lavha — to‘liq video tez orada!”
Bu so‘zlardan keyin internet “portladi”! 💥
Muxlislar izohlarda “Qaysi loyiha ekan?”, “Bu yangi klipmi?”, “Tarixiy joyda klipmi, serialmi?” kabi savollar bilan to‘ldirib tashlashdi.
Aniq ma’lumot hali berilmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik Nilufarning bu safargi ishi nafaqat musiqa, balki tarix, moda va milliy merosga ham e’tibor qaratishini sezmoqda.
Ko‘rinadiki, bu safar Usmonova oddiy klip emas bir san’at asari tayyorlamoqda. 🎥
Endi esa hammamiz bitta narsani kutyapmiz: to‘liq video taqdimoti! 👀