O‘zbek kinosining sevimli aktrisasi Feruza Normatova nihoyat turmushga chiqdi! ?
15-oktabr kuni poytaxtdagi hashamatli to‘yxonalardan birida bo‘lib o‘tgan nikoh kechasi — haqiqiy yulduzlar paradiga aylandi! ?
Kechada o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari, aktyorlar, xonandalar va blogerlar jam bo‘lishdi. Qisqasi, kimni desangiz — hammasi shu yerda edi! ?
Feruzaning libosi esa alohida e’tiborga loyiq edi: nafis, zamonaviy va juda did bilan tanlangan ?. Aktrisaning tabassumi esa kechaning eng yorqin bezagi bo‘ldi.
Mehmonlar ijtimoiy tarmoqlarda videolarni “portlatishdi” — kimdir raqsda, kimdir sahna ortidagi lahzalarni bo‘lishdi.
Internet foydalanuvchilari esa izohlarda shunday deb yozishdi:
“Feruza, haqiqiy malika bo‘libsan!” ?
“To‘yga qarab ko‘z quvonadi!” ✨
Kechaning tafsilotlari hali to‘liq oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, bir narsa aniq: bu to‘y shou-biznes olamining eng yorqin voqealaridan biri bo‘ldi! ?



















