💔 “Benom” yulduzining og‘riqli xotirasi
Mashhur “Benom” guruhi a’zosi Komil Fozilov Instagram sahifasida yurakni ezuvchi e’tirof bilan bo‘lishdi. Xonanda onasining konsertidan atigi 3 kun avval vafot etganini aytib, o‘sha og‘ir kunlarni eslab ko‘z yoshini tiyolmadi.
🎤 “Konsertni bekor qilamizmi?” — “Yo‘q, onam uchun kuylayman”
Komil aytishicha, onasining so‘nggi so‘zlari hali ham qulog‘ida jaranglaydi:
“Eh bolam, konsertingacha bormanmi yo‘qmanmi…”
Shundan bir soat o‘tib, shifokor “Siz o‘g‘illarimisiz? Kela olasizlarmi?” deb qo‘ng‘iroq qilgan. Komil esa o‘sha payt yuragi nima bo‘layotganini allaqachon sezgan edi.

U konsertni bekor qilishni rad etgan:
“Men onamning ruhi uchun sahnaga chiqdim. Tomoshabinlarga bildirmaslikka harakat qildim ammo birinchi qatordagi o‘rindiqga qaray olmadim. Bo‘sh o‘rindiq yuragimni tilka-pora qildi.”
📱 “Yaqinlaringizni qadrlang” — Komildan samimiy murojaat
Komil so‘nggi postida kuzatuvchilariga shunday yozdi:
“Ota-onamiz borligida ularni qadrlaylik. Ular biz uchun eng katta omonat. Onamning haqqiga duo qiling.”