Hande Erchel bilan ayrilganidan keyin turk milliarderi Hakan Sabanchi yana e’tibor markazida! 😎
Bu safar esa gap moliya yoki biznes haqida emas balki yurak masalasi haqida ketmoqda.
💌 “Bitta layk butun internetni junbushga keltirdi!”
Hammasi oddiy bir “layk”dan boshlandi…
O‘tgan hafta Hakan, mashhur aktrisa Tuba Buyukustunning Instagramdagi posti ostiga “layk” bosdi. ❤️
Shundan keyin ijtimoiy tarmoqlar portladi:
“Bu tasodifmi yoki yangi muhabbat boshlandimi?” — degan savollar yog‘ildi.

🕵️♀️ “Tuba bilan Hakan? Jiddiymi bu?”
Fikrlar esa ikki toifaga bo‘lindi:
Kimdir “Yo‘q, bu shunchaki internet o‘yini. Tuba ikki farzandli ayol, Hakan esa jiddiy munosabat izlamayapti,” dedi.
Ammo boshqalar “Sabanji oilasi Tuba bilan allaqachon yaqin. Arzu Sabanchi va Melisa Sabanchi Tapan ham uning postlariga tez-tez layk bosadi,” deb yozdi. 🤔
✨ “Muhabbatmi yoki marketing strategiyasimi?”
Hozircha Hakan ham, Tuba ham bu mish-mishlarga rasmiy javob bermagan.
Lekin internet foydalanuvchilari allaqachon o‘z xulosasini chiqardi:
“Tuba bilan Hakan — bu yilning eng kutilmagan juftligi bo‘lishi mumkin!” 😅
💭 Foydalanuvchilarning fikrlari:
“Hakan kimga layk bossa, o‘sha trend bo‘ladi 😂”
“Tuba bilan Hakan? Bu kombinatsiya Netflix serialidan chiqqandek!”
“Bitta layk — mingta mish-mish. 2025 versiyasi.”