Madaniyat va dam olishUmumiy

“Mavlono” nihoyat ekranlarda! — Tarix, muhabbat va Hande Erchel soyasi ostida

2022-yildan beri kutilyotgan “Mavlono” filmi nihoyat 2025-yil 17-oktabr kuni Turkiya kinoteatrlarida namoyish etildi! 🇹🇷✨
Film Turkiya va Eron hamkorligida suratga olingan bo‘lib, tom ma’noda “Sharq ruhi va san’ati”ni birlashtirgan katta loyiha sifatida e’tirof etilmoqda.

📜 Asrlar ortidan kelgan hikoya

Film XIII asrning buyuk mutafakkiri va shoirini — Jaloliddin Rumiy (Mavlono) hayoti va ijodini sahnaga olib chiqadi.
Tomoshabinlar uni shunchaki tarixiy film emas balki ruhiy sayohat, falsafiy doston sifatida ham ta’riflamoqda. 🌙

Qizig‘i, film Eron tomoshabinlariga 2024-yil aprelida taqdim etilgan bo‘lsa-da, Turkiyada endigina katta ekranlarda namoyish qilindi.

💄 “Hande Erchel obrazi biroz zamonaviyroq chiqibdi…”

Internetda hali ko‘p sharhlar paydo bo‘lmagan lekin chiqqanlar allaqachon “discuss” rejimida.
Ba’zi tomoshabinlar Hande Erchel obrazini ortiqcha “bo‘yoqli”, juda zamonaviy deb topishgan.

“Tarixiy film lekin Hande xuddi moda podiumidan chiqqandek,” — deb yozgan foydalanuvchilardan biri. 😅

Shunga qaramay, ko‘pchilik aktyorlik ijrosini, dekoratsiya va musiqani “vizual shedevr” deb baholagan.

🔥 “Mavlono” trendlarda!

Film chiqqanidan keyin Twitter (X) va TikTok’da #Mavlono, #RumiMovie, #HandeErçel kabi hashtaglar trendga chiqdi.
Ko‘plab yoshlar filmni “ruhiy va romantik kombinatsiya” deb atamoqda. 💫

“Bu filmni ko‘rgan odam bir necha kun she’r yozgisi keladi!”
“Hande o‘z rolini o‘ynagan lekin Mavlono haqidagi sahnalar yurakni ezadi.”


🎥 Yakuniy xulosa

“Mavlono” — tarix, muhabbat va ruhiyatni birlashtirgan film.
Ba’zilar uchun biroz “bo‘yoqli”, boshqalar uchun esa “mukammal san’at asari”.
Ammo bitta narsa aniq: film nihoyat kutishga arzigulik bo‘lgan! 👏

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *