BlogSayohatUmumiy

Irlandiyadan — Bu orollarda yashashni tanlaganlarga $96 000 gacha yordam!

Irlandiya hukumati aholisi kamayib borayotgan va materikdan ajralgan dengiz orollarini jonlantirish maqsadida “Yashayotgan orollarimiz” nomli katta grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur tashlab ketilgan uylarni ta’mirlab, orollarga joylashmoqchi bo‘lganlar uchun katta imkoniyat yaratadi.

💶 Dastur shartlariga ko‘ra, orollarda yashashni qabul qilganlarga 72 240 funt sterlinggacha (taxminan $96 000) mablag‘ ajratiladi.

Bu grantdan foydalanish uchun Irlandiya fuqaroligi talab etilmaydi — ya’ni dunyoning istalgan burchagidan kelib, tinch va osoyishta orol hayotini xohlovchilar ariza topshirishlari mumkin.

Biroq asosiy shart shuki:
🏠 Uy ta’mirlangandan so‘ng u dam olish uyi emas doimiy yashash joyi sifatida foydalanilishi kerak.
🔨 Shuningdek, tanlangan bino 2007-yilgacha qurilgan bo‘lishi va kamida ikki yildan beri bo‘sh turgan bo‘lishi kerak.

Dastur maqsadi — faqat uylarni emas balki ularning atrofidagi kichik jamoalarni ham qayta hayotga qaytarishdir.

📉 Hozirda bu orollarda yashovchilar soni 3 mingdan kam. Hukumat esa ushbu yordam orqali yangi aholi jalb qilishni, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishni va Irlandiyaning madaniy boyligining ajralmas qismi bo‘lgan orol jamoalarini saqlab qolishni maqsad qilgan.

🌊 Dastur doirasidagi eng mashhur joylardan biri — tabiiy go‘zalligi va osoyishtaligi bilan tanilgan Galvey qo‘ltig‘idagi Aran orollari.

🏝 Inishmore, Inishmaan va Inisheer orollariga ko‘chib borishni istaganlar 2025-yil 14-noyabrdan 31-dekabrgacha ariza topshirishlari mumkin.

Bu tashabbus — uy egalik qilishni va betakror orol hayotini birlashtiruvchi noyob imkoniyatdir. 🌅

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *