PlayStation egalari uchun keng o‘yin kutubxonasini taqdim etuvchi PlayStation Plus tizimidan chiqariladigan o‘yinlar ma’lum bo‘ldi. Jami 18 ta o‘yinni o‘ynash uchun bu — oxirgi imkon!
PlayStation Plus obunachilari har oy bepul o‘yinlar bilan bir qatorda katta o‘yin kutubxonasiga ham ega bo‘lishadi.
3 xil obuna darajasiga ega bo‘lgan PlayStation Plus tizimi orqali foydalanuvchilar cheksiz o‘yinlar kutubxonasiga kirish imkoniyatiga ega. Har oy tizimga yangi o‘yinlar qo‘shilib, kutubxona kengayib boradi.

Endi esa noyabr oyida PlayStation Plus tizimini tark etadigan o‘yinlar ham rasman e’lon qildi.
Bu oyda ular orasida Red Dead Redemption 2 va GTA: San Andreas – Definitive Edition kabi Rockstar Games o‘yinlari ham mavjud. Jami 18 ta o‘yin tizimdan olib tashlanishga tayyorlanmoqda. Ya’ni, ushbu o‘yinlarni o‘ynash uchun obunachilarda taxminan bir oy vaqt qoldi.

🎮 PlayStation Plus tizimidan olib tashlanadigan o‘yinlar ro‘yxati:
- GTA: San Andreas – Definitive Edition | PS4, PS5
- Red Dead Redemption 2 | PS4
- The Sims 4: City Living | PS4
- Dragon’s Dogma: Dark Arisen | PS4
- Mobile Suit Gundam Extreme VS. Maxiboost ON | PS4
- Superliminal | PS4, PS5
- Eiyuden Chronicle: Rising | PS4, PS5
- Klonoa Phantasy Reverie Series | PS4, PS5
- Teardown | PS5
- Kingdom Hearts HD 1.5 & 2.5 Remix | PS4
- Kingdom Hearts HD 2.8 Final Chapter Prologue | PS4
- Kingdom Hearts 3 | PS4
- Kingdom Hearts: Melody of Memory | PS4
- Chorus | PS4, PS5
- What Remains of Edith Finch | PS4, PS5
- Overcooked 2 | PS4
- Blasphemous | PS4
- Moving Out | PS4
🎮 Demak, ushbu o‘yinlarni o‘ynab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun noyabr oxirigacha vaqt bor!