🎬 O‘zbekistonlik aktrisa Feruza Normatova nihoyat hayotidagi eng katta sirlardan birini ochdi! U 15-oktabr kuni xorazmlik 23 yoshli MMA jangchisi Olloyor Abdushukurov bilan turmush qurgandi — va endi bu hikoya orqasidagi ilohiy tafsilotlarni Instagram’dagi obunachilari bilan bo‘lishdi. 💍✨
💔 “Umidim so‘ngandi, faqat o‘lim yoki mo‘jiza so‘radim”
Feruza so‘zlariga ko‘ra, haj safaridan qaytgach, hayoti butunlay o‘zgargan. Og‘ir sinovlar, ko‘ngil yaralari, hatto yashashga bo‘lgan ishtiyoqning so‘nishi…
“Allohdan faqat o‘limni yoki hayotimni o‘zgartiruvchi bir insonni yuborishini so‘radim,” — deydi u.

💫 Va keyin… Olloyor!
Oradan atigi ikki oy o‘tib, taqdir uni Olloyor bilan tanishtirgan. Feruza bu uchrashuvni “mo‘jiza” deb ataydi.
“Bu inson haqiqatan men uchunmi yoki yo‘qmi, deb ko‘p bor istihora va hojat namozlarini o‘qidim. Har safar unga bo‘lgan muhabbatim ortib bordi,” — deb yozadi u.
💍 “Inson adashadi, Alloh esa hech qachon”
Feruza postida shunday yozgan:
“Men ishonaman, uni Alloh menga yuborgan. Inson adashadi lekin Alloh hech qachon adashmaydi.”