Madaniyat va dam olishUmumiy

Megan Markl sahnaga qaytdi! 8 yildan so‘ng Gollivudda “bomba” kabi qaytish!

Ha, bu safar mish-mish emas, haqiqat! 👀 Britaniya qirollik oilasining eng ko‘p gapirilgan nomlaridan biri — Megan Markl, sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng nihoyat Gollivudga qaytmoqda! 🎥✨

“Qirollik liboslarini almashtirib, kamera oldiga qaytish” deyish mumkin! Sasseks gersoginyasi Kaliforniyada yangi loyiha suratga olinayotgan maydonda ko‘rinish bergan va bu, albatta, internetni “portlatdi” 💥

Deadline nashriga ko‘ra, Megan yangi “Yaqin do‘stlar” (Close Friends) nomli filmda o‘ynaydi.

Film aktyorlar tarkibi esa o‘zi bir “super casting”:
👉 Bri Larson
👉 Lili Kollinz
👉 Jek Kveyd
👉 Genri Golding

Hali syujet sir saqlanmoqda, ammo aytilishicha, film ikki sevishgan juftlik hayoti haqida bo‘lishi mumkin 💞 Demak, romantika, drama va, albatta, Megan uslubidagi joziba bizni kutmoqda 😍

8 yildan keyin sahnaga qaytish — bu shunchaki film emas, Megan Marklning “ikkinchi tug‘ilishi” deyish mumkin.

Shahzoda Garri nima deydi, bilmadik, lekin biz allaqachon 🍿 tayyormiz!

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *