Madaniyat va dam olish

Katrina Kaif Nihoyat Ona Bo‘ldi! Bollivudda Quvonch To‘lqini!

Bollivud olamida katta xushxabar! 42 yoshli go‘zal aktrisa Katrina Kaif va uning turmush o‘rtog‘i Viki Kaushal nihoyat ota-ona bo‘lishdi! 😍
Sevimli juftlikning o‘g‘li 2025-yil 7-noyabr kuni dunyoga keldi. 🎉

💬 “Bizning bir parcha quvonchimiz…”

Katrina bu yangilikni o‘zining Instagram sahifasida e’lon qilib, postida shunday yozgan:

“Bizning bir parcha quvonchimiz, xush kelding! Cheksiz minnatdorchilik va muhabbat bilan o‘g‘limiz dunyoga kelganini ma’lum qilamiz.”

Katrinaning bu posti bir necha daqiqada millionlab “like” yig‘di va internetda trendga aylandi! 🔥

🎉 Amaki ham shod!

Vikining ukasi Sanni Kaushal ham xushxabarni tasdiqlab, o‘z sahifasida:

“Main chacha ban gaya!” (“Men amaki bo‘ldim!”)
— deb yozdi. Bitta post bilan butun Bollivudni tabassumga to‘ldirdi. 😊

🤰 Sir tutilgan homiladorlik

Aktrisaning homiladorligi haqida mish-mishlar hali sentabr oyidayoq paydo bo‘lgan edi, ammo juftlik bu haqda sukut saqlagan.
Shunga qaramay, muxlislar ularning suratlaridan “Katrina homilador!” deb topishib bo‘lishgan edi. 🔍

💍 Katta muhabbat hikoyasi

Katrina va Viki 2021-yil dekabrda Rajastondagi dabdabali to‘y marosimida turmush qurishgan.
To‘y — haqiqiy Bollivud filmi darajasida: an’anaviy marosimlar, oltin liboslar va butun yulduzlar qatnashgan dabdaba! ✨

🏆 Eng badavlat aktrisalardan biri

Yoshligidayoq Shohrux Xon bilan bir qatorda Ginnes rekordlari kitobiga eng boy aktrisa sifatida kiritilgan!
Yillik daromadi esa… 10 million dollar! 💰

❤️ So‘ng so‘z:

Endi esa u faqat yulduz emas, mehribon ona!
Internetda esa bitta savol aylanmoqda:

“Katrina Kaifning o‘g‘li ham onasidek chiroyli bo‘ladimi?” 😍

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *