Madaniyat va dam olishUmumiy

O‘zgu Namal va farzandlari ishtirokidagi YTH: Mashhur aktrisa muxlislarini xavotirga soldi!

🌟 Turk ekranlarining sevimli yulduzi O‘zgu Namal boshidan juda qo‘rqinchli damlarni o‘tkazdi!
“Alvon g‘unchalar” seriali orqali ko‘pchilikning ko‘nglidan joy olgan aktrisa farzandlari bilan birga yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Hodisa 12-noyabr kuni Istanbulning Beykoz tumanida sodir bo‘lgan — voqea yoshlar tili bilan aytganda, “real hayot trilleri!”

🚗💥 Nima bo‘ldi o‘zi?

Uzoq tanaffusdan so‘ng “Hasad” seriali bilan shov-shuvli qaytgan O‘zgu Namal o‘sha kuni farzandlarini suratga olish maydonchasiga olib ketayotgan edi. Ularning darslari bo‘lmagani uchun, aktrisa: “Bolalarim ham men bilan bo‘lsin,” deb o‘ylagan.

Ammo yo‘l o‘rtasida… KUTILMAGANDA boshqa avtomobil ularning mashinasiga kelib urildi!
To‘qnashuv kuchli bo‘lsa-da, xavfsizlik yostiqchalari va kamarlar fojianing oldini olgan. Baribir haydovchi ham, O‘zgu ham, bolalari ham shifokorlar tomonidan tekshiruvdan o‘tishdi.

🏥 “Hammasi yaxshi yakunlandi”

Kasalxonadan chiqqach, O‘zgu Namal jurnalistlarga qisqa va aniq gap bilan murojaat qildi:
“Yaxshiyamki, hammasi yaxshi yakunlandi. Bolalarim ham, men ham sog‘miz.”

Bu so‘zlari bilan aktrisa nafaqat muxlislarni, balki ijtimoiy tarmoqlarda havotir bilan kuzatgan minglab odamlarni ham xotirjam qildi.

🔧 Mashina — tamirlab bo‘lmaydigan darajada

Aktrisaning mashinasi esa jiddiy shikastlangan. Hozirda uni ta’mirlashning iloji yo‘q, deya xabar berildi. Politsiya esa YTH yuzasidan tekshiruv olib bormoqda — aybdor kim ekani hali noma’lum.

🏡 Oila bilan sokin kun

Hodisadan so‘ng O‘zgu Namal suratga olish maydoniga qaytmagan. Qolgan vaqtni bolalari bilan uyda, tinch va sokin o‘tkazishni tanlagan.

📌 Xulosa:
O‘zgu Namal va farzandlarining sog‘-omon ekanini eshitib yengil nafas oldik! Serialdagi dramatik sahnalar yetmagandek, hayotning o‘zi ham ba’zida kutilmagan “sahnalar”ni taqdim etadi…

Aktrisaga va uning oilasiga mustahkam sog‘liq tilaymiz! 💖

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *